“Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovi o’tkazildi
2018 yil 9 iyun kuni Guliston davlat universitetida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovining ikkinchi bosqichi o’tkazildi.
Ushbu ko’rik-tanlov umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashga, buyuk ajdodlarimizga munosib bo’lish, iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni sanatga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo’naltirish, iqtidorli yoshlarga o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga sharoitlar yaratish maqsadida o’tkazildi.
“Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovida oliy ta’lim muassasalari quyidagi qo’shiqlar bilan ishtirok etdi:
- Guliston davlat universiteti. Kichik xor jamoasi.
X.Qayumov she’ri, A.Mansurov musiqasi bilan “Xur Respublikam” asari.
- Jizzax Politexnika instituti.
B.Rashidova she’ri, O’.Savopov musiqasi bilan “Vatan qarog’imdasan” qo’shig’i.
- Jizzax davlat pedagogika instituti.
N.Narzullaev she’ri, A.Xudoyshukurov musiqasi bilan “Jizzax eli bu” qo’shig’i.
Tanlov natijalari bo’yicha hakamlar hay’ati qaroriga asosan Guliston davlat universiteti 1-o’rin, Jizzax Politexnika instituti 2-o’rin, Jizzax davlat pedagogika instituti 3-o’ringa sazovor bo’lishdi va “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovining keyingi bosqichiga Guliston davlat universitetining “Kichik xor jamoasi” yo’llanma olishdi.
Ko’rik-tanlov yakunida ishtirokchilar Guliston davlat universiteti rahbariyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
