“Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovi o’tkazildi

2018  yil 9 iyun kuni Guliston davlat universitetida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovining ikkinchi bosqichi o’tkazildi.

Ushbu ko’rik-tanlov umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashga, buyuk ajdodlarimizga munosib bo’lish, iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni sanatga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo’naltirish, iqtidorli yoshlarga o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga sharoitlar yaratish maqsadida o’tkazildi.

“Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovida oliy ta’lim muassasalari quyidagi qo’shiqlar bilan ishtirok etdi:

  1. Guliston davlat universiteti. Kichik xor jamoasi.  

X.Qayumov she’ri, A.Mansurov musiqasi bilan “Xur Respublikam” asari.

  1. Jizzax Politexnika instituti.

B.Rashidova she’ri, O’.Savopov musiqasi bilan “Vatan qarog’imdasan” qo’shig’i.

  1. Jizzax davlat pedagogika instituti.

N.Narzullaev she’ri, A.Xudoyshukurov musiqasi bilan “Jizzax eli bu” qo’shig’i.

Tanlov natijalari bo’yicha hakamlar hay’ati qaroriga asosan Guliston davlat universiteti 1-o’rin, Jizzax Politexnika instituti 2-o’rin, Jizzax davlat pedagogika instituti 3-o’ringa sazovor bo’lishdi va “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovining keyingi bosqichiga Guliston davlat universitetining “Kichik xor jamoasi” yo’llanma olishdi.

Ko’rik-tanlov yakunida ishtirokchilar Guliston davlat universiteti rahbariyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?