14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Guliston davlat universitetida Bilimlar kuniga bag’ishlab, “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan bayram tadbiri o’tkazildi.Universitet rektori, professor Muhsin Xodjiev tadbirni ochar ekan, o’z tabrik nutqida bu yil talabalik baxtiga sazovor bo’lgan, shuningdek, maroqli yozgi ta’tildan bilim dargohiga qaytgan yigit va qizlarni, ularning ota-onalarini yangi o’quv yilini boshlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdi. Rektor mamlakatimizda oliy ta’lim olish uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar haqida to’xtalib, talabalarimiz bunga yarasha a’lo o’qish va a’lo xulq bilan javob berishlariga ishonch bildirdi.
Bayram tadbirida qatnashgan Sirdaryo viloyati hokimi, O’zbekiston Respublikasi Senati a’zosi G’ofurjon Mirzaev yoshlarga qarata quyidagicha dil so’zlarini izhor etdi:
-Talabalik umrning eng baxtli, nashidali damlari. Ayniqsa bugun, yurtimizda islohotlar beqiyos darajada keng yoyilayotgan, O’zbekistonni dunyo taniyotgan bir paytda talabalarimizdan umidimiz katta. Shu bilim yurtini bitirgan qancha-qancha o’g’il-qizlarimizni bag’rimizga oldik, siz ham bitiring, ilmli bo’ling va tezroq safimizga qo’shiling degan niyat qilaman. Axir siz bizning ishongan o’rinbosarlarimiz, munosib vorislarimizsiz. Sirdaryoday qadim cho’lquvarlar yurtida yangi-yangi korxonalar, ilm maskanlari ochilyapti. Ularning hammasi sizga muntazir.
Tantanada mashhur quruvchi, viloyatda birinchi bo’lib O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan Anvar Qurbonov, GulDU prorektori, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ravshanbek Mahmudov, 2018 yil avgust oyida Indoneziyada o’tkazilgan “Osiyo o’yinlari-2018” musobaqalarining Baydarkada eshkak eshish turi bo’yicha kumush medali sovrindori, Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Alisher Turdiev, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga asosan imtiyoz bilan Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va STI yo’nalishiga davlat granti asosida o’qishga kirgan talaba Lobar Boltaboeva, Tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi Sarvinoz Hojiboboeva va boshqalar ham so’zga chiqib dil so’zlarini izhor etishdi. Iste’dodli shoir Alisher Nurning Vatanga sadoqat mavzuida o’qigan she’rlari qalblarga iliq nur bag’ishladi.
Shundan so’ng tadbirning tantanali qismi yakunlanib, talabalar o’zlari uchun belgilangan darsxonalarga yo’l olishdi. Bu yil ham birinchi dars “Mustaqillik darsi” mavzuida o’tildi.
M.Pardaev,
“Universitet ovozi” gazetasi bosh muharriri.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish