G’oliblik muborak, ustoz!
2018-yil 17-avgust kuni Navoiy viloyati Navoiy shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” ko’rik-tanlovining yakuniy Respublika bosqichi o’tkazildi.
Ushbu ko’rik tanlovda Guliston davlat universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ravshanbek Mahmudov ishtirok etib, “YILNING ENG FAOL MA’NAVIYaT TARG’IBOTChISI” yo’nalishi bo’yicha g’olib bo’ldi hamda tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
