Korruptsiya – milliy xavfsizlikka tahdid
2018 yil 20 sentyabr kuni Guliston davlat universitetida professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlari o’rtasida “Korruptsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur tadbirda universitet rektori M.T.Xodjiev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati DXX xodimi Q.Eshmatov, Sirdaryo viloyati IIB, JQB K va IJQKB tezkor vakili, kapitan J.Xo’jamqulov, Sirdaryo viloyati prokuraturasi korruptsiyaga qarshi kurash bo’limi alohida ishlar tergovchisi A.O’rozboev, Guliston shahar IIB XPB TP profilaktika inspektori A.Usmonov, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, 235 nafar professor-o’qituvchilar va 250 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi kunda jamiyat taraqqiyotiga, davlatning milliy xavfsizligiga eng katta xavf solayotgan illatlardan biri korruptsiya ekanligi, buni barcha davlat va mintaqalarda kuzatish mumkinligi, bu illatdan O’zbekiston ham mustasno emas ekanligini ta’kidlashdi. Shu bois davlatimiz korruptsiyaga qarshi kurashishga jiddiy e’tibor qaratayotgani hamda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha bir qator hujjatlar qabul qilingani, bugungi tadbir ham qonun va davlat dasturlarida belgilangan vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishdi.
Matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
