Yosh futbolchilarimiz sharaflandi.
23 yoshgacha bo’lgan o’zbekistonlik futbolchilarning Xitoyda bo’lib o’tgan Osiyo chempionati shohsupasidan joy olganligi xabari Sirdaryo viloyatida, shu jumladan Guliston davlat universitetida ham zo’r hayajon va iftixor tuyg’usi bilan qarshi olindi. Universitetning 4 mingdan ziyod talabalar jamoasi ayniqsa, Vetnam terma jamoasi bilan bo’lib o’tgan so’nggi final matchini katta qiziqish bilan tomosha qildi.
29- yanvar kuni universitetda futbolchilarimizning tarixiy g’alabasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda so’zga chiqqan ustozlar, sportchilar, futbol ishqibozlari bu tarixiy g’alaba mamlakat futbolining mavqeini jahon ommasi oldida yana bir pog’ona yuqori ko’tarish bilan birga yurtimizda futbolni ommalashtirish yo’lida muhim qadam bo’lganligini ta"kidladilar,
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
