Mustaqillik. Yoshlar. Ma’naviyat.
Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Talabalar turar joyida va ijarada yashovchi o‘g‘il bola talabalar uchun “Mustaqillik. Yoshlar. Ma’naviyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni universitet professori R.Mahmudov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Uchrashuvda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, kapitan Davron Ibragimov, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi katta inspektori Rasim Tatarov, Guliston shahar “Do‘stlik” mahallasi “Tavhid” jome’ masjidi bosh imom-xatibi Mo‘minjon Usmonovlar ma’ruzalari tinglandi.
Uchrashuvda talabalarga texnika va yong'in xavfsizligi, oziq ovqat xavаsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish eslatib o'tildi. Ularning falsafiy, axloqiy va diniy dunyiqarashlarini kegaytirishga oid ko'plab savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
