Hashar-elga yarashar!
2021-yil 13-mart kuni Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti tasarrufidagi "BT va STI", "Maktabgacha ta'lim","Pedagogika va psixologiya" hamda "texnologik ta'lim" yo'nalishining talabalari va professor-o'qituvchilari tomonidan umumxalq xayriya hashari doirasida hududda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Hashar davomida hududdan chiqindilar chiqarilib, bordyur va daraxtlar oqlandi, 500 dona gul ko'chadi,150 tup atirgul ekildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
