Ijararadagi talabalar bilan ishlar davom etmoqda

Guliston davlat universiteti rektori tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida talabalar istiqomat qilayotgan turar-joy obektlariga tashriflar davom etmoqda. Joriy yil 16 aprel sanasida Universitet rektori M.Xodjiyev universitet yoshlar yetakchisi F.Zikriryayev hamrohligida Sirdaryo viloyati Guliston tumani Mevazor mahallasida ijarada istiqomat qiluvchi Ijtimoiy-iqtisodiy, San’atshunoslik, Tabiiy fanlar va Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetlari talabalari holidan habar oldi.

Xonadon holati va talabalarga ajratilgan xonadagi sharoit bilan yaqindan tanishildi va talabalar bilan o‘zaro dildan suhbatlashildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?