“Yoshlar forumi” doirasida tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 18-dekabrdan 25-dekabrgacha mamlakatimizda “O‘zbekiston yoshlari Forumi–2021” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan 23-dekabr kuni Guliston davlat universitetida “Yoshlar forumi” doirasida “Uchinchi renessans va raqamli texnologiyalar” mavzusida O‘zRFA akademigi Saidahror G‘ulomov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori Muxsin Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va forum ishiga muvafaqqiyat tiladi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Uchinchi renessans bunyodkorlari bo‘lmish yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, mamlakatni yangilashda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratishdir.
“Yoshlar forumi – 2021” doriasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
