“Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi

Sirdaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Sarkayev, Davlat soliq boshqarmasi va Guliston shahar Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirokida o’tkazilgan mazkur uchrashuv davomida, Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi N.Abdullayev va sudya yordamchisi B.Bobojonovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berildi. Dastlab, raislik etuvchi Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Sarkayev so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng raislik etuvchi kun tartibidagi masalaga batafsil to‘xtalish uchun so‘zni ma’ruzachi Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Abdullayev Nurulla Abdulla o‘g‘liga berdi.

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi N.Abdullayev o’z ma’ruzasini boshlab, O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonunidagi asosiy tushunchalarni yig’ilish ishtirokchilariga tushuntirib, Qonun 45-moddasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizani qabul qilish va bankrotlik to’g’risidagi ishni qo’zg’atish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to’g’risidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal etilishi, sudya qarzdorni bankrot deb topish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani o’z ish yuritishiga qabul qilishini, agar Qonun 5-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan bo’lsa, sudya qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizani qabul qilishni rad etishi, agar qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza ushbu Qonunning 37 — 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo’lmasa, sudya arizani qaytarishi, faqatgina ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo’lgan va arizaga ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilinishi, etishmayotgan hujjatlar esa bankrotlik to’g’risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinishi, shuningdek Qonunning XI bobi “Bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari” haqidaligi, ushbu bobga ko’ra bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari ikki turga, tugatilayotgan yuridik shaxs bankrotligining o’ziga xos xususiyatlari va hozir bo’lmagan qarzdorning bankrotligiga ajratilishini ma’lum qilib, viloyat soliq boshqarmasi va tuman, shahar soliq inspektsiyalari tomonidan sudga bankrotlikning soddalashtirilgan taomillariga asosan kiritilayotgan arizalarda yuqorida qayd etilgan ikki turini ko’rsatmayotganligini, sudga kiritilayotgan arizalarning asosiy massasi hozir bo’lmagan qarzdorning bankrotligiga xosligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining 2006 yil 27 yanvardagi “Bankrotlik to’g’risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo’llashning ayrim masalalari haqida”gi 142-son qarori 35-bandida qarzdorni bankrotlikning soddalashtirilgan taomili bo’yicha bankrot deb topish (tugatilayotgan yoki hozir bo’lmagan qarzdor) haqidagi arizani qabul qilishda kreditorlik qarzlarining miqdori ahamiyatga ega emasligi, Qonunning 185-moddasi ikkinchi qismiga binoan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sud murojaat etilganda, arizaga qarzdorni tugatish to’g’risidagi qaror ilova qilinishi lozimligi, hozir bo’lmagan qarzdorni bankrot deb topish to’g’risida ariza berilganda, qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxs rahbarining hozir bo’lmaganligini, shuningdek ularning turar joyini aniqlashning imkoniyati yo’qligini tasdiqlovchi dalillar iqtisodiy sudga taqdim etilishi kerak.

Bunday dalillar manzil ma’lumot byurosi tomonidan shaxsning ro’yxatdan chiqib, boshqa hududga ketganligi haqida berilgan ma’lumotnoma, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati vakillari ishtirokida shaxsning ro’yxatga olingan manzilda yashamasligi to’g’risida tuzilgan dalolatnoma, shaxsning vafot etganligi yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lishi mumkinligi, qarzdorning hozir bo’lmaganligi sifatida nafaqat uning rahbari yo’qligi, balki xo’jalik yurituvchi sub’ekt mol-mulkining yo’qligini ham tushunish lozim. Bu hol qarzdor — yuridik shaxs turgan joyi (pochta manzili) bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati, turarjoy yoki odam yashamaydigan joyning mulkdori vakillari va (yoki) sud boshqaruvchisi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma yoxud qarzdorning mol-mulki mavjud emasligi sababli ijro hujjatini ijrosiz qaytarish to’g’risidagi davlat ijrochisining qarori bilan tasdiqlanishi mumkinligi, tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi arizada tugatish boshqaruvchisining nomzodi arizachi tomonidan ko’rsatilishini ta’kidlab, o’z ma’ruzasini yakunladi.

Shu o’rinda, Sirdaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi va Guliston shahar Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi N.Abdullaev tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Nurulla Abdullayev,

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi

4038 | 2022-02-28 15:48

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news