“Huquq bilimdonlari” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida 2022-yil 1-aprel kuni “Huquq bilimdonlari” intellektual o’yini o’tkazildi. Intellektual o‘yinda jami 5 ta guruh ishtirok etdi. Tadbirni universitet “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i Sh.Abdurasulov ochib berdi. Undan so‘ng, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedra mudiri, falsafa doktori (PhD) U.Mavlyanov, professor-o‘qituvchilardan Y.Karimov, H.Yarbayevlar tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilashdi. Ekspert a’zolari sifatida professor-o‘qituvchilar H.Suvonqulov, N.Tursunqulov hamda N.Saidqulovlar tayinlandi. Intellektual o‘yin juda ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Unda ishtirokchilarning huquqiy bilimlari sinaldi. Yuqori ruhda o‘tgan tadbirda 67-19 guruhining “Adolat” jamoasi katta farq bilan g‘alaba qozondi. Tadbir ishtirokchilari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Bunday Intellektual o‘yinlar yanada ko‘proq o‘tkazishga kelishib olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
