Mahorat darslari o‘tkazildi

2022-yil 8-aprel  kuni  Guliston davlat  universiteti talabalarining  ijodiy  hayoti  bilan  yaqindan  tanishish  va mahorat  darslarini  o‘tish  uchun ,  taniqli  ijodkorlar: “O‘zbekiston  xalq  hofizi”  Isroiljon  Vahobov, “O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist” Ahmadjon  Dadayev, “O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi”   Nuriddin  Aminjonovlar  tashrif  buyurishdi.

Tashrif buyrgan mehmonlar talabalar ijrolari bo‘yicha o‘zlarining  fikr va maslahatlarini berishdi. Ustoz san’atkor Isroiljon Vahobov, talabalarga mahorat darsini o‘tib berdi. “O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat xodimi” Nuriddin  Aminjonov talaba va ustozlarga aytiladigan ashulalarning matni, bo‘g‘nlarga bo‘linishidagi kamchiliklarga e’tibor  berishlari haqida qimmatli maslahatlarini berdi. Taniqli san’atkor Ahmadjon Dadayev yosh shogirdlari uchun o‘zining  ijodiga mansub qo‘shiqlardan na’munalar ijro qilib berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?