Sudya daxlsizligining huquqiy asoslari
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Sudya daxlsizligining huquqiy asoslari

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti hamda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilgan inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashda, jamiyatda qonuniylik va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashda alohida oʻrin tutadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga asosan sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga boʻysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Sudyalarning mustaqil va faqat qonunga boʻysungan holda ish yuritishlarining konstitutsiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli boʻlmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan bogʻliqdir. Zero, mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini toʻliq taʼminlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov jamiyat hayotida, jamiyat aʼzolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Istiqlolning dastlabki yillarida Konstitutsiyada nazarda tutilgan sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Maʼmuriy javob-garlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda 1997-yilda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslarini, “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari va Hukumat qarorlarini keltirish mumkin.

Biroq mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin oʻzgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni taqozo etmoqda edi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni boshlanishini hayotiy zaruratga aylantirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yilning 21-oktyabrida eʼlon qilingan PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishiga doir konstitutsiyaviy normani amalda toʻla-toʻkis roʻyobga chiqishiga zamin yaratdi. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmon hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar nazarda tutildi.

Xususan, sudya lavozimida boʻlishning ilk marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik muddatini va shundan soʻng muddatsiz davrini belgilash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatishga oid vakolatini tugatish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini oʻtkazish kabilar nazarda tutildi.

Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishini taʼminlashda sudya lavozimida boʻlishning ilk marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik muddatini va soʻng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sudya lavozimida boʻlishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namunali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, oʻz vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik oʻn yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi uchun ragʻbatlantiruvchi qoida ham hisoblanadi.

Sudya lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini, yaʼni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini – 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqil-ligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega boʻlgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obroʻ-eʼtiborli sudyalar bilan toʻldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi. Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari taʼsiridan holi boʻlishiga xizmat qiladi.

“Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqil-ligini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini taʼminlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir.

Xulosa shuki, jamiyatda sudyaning nufuzini oshirish, uning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini taʼminlash mamlakatimiz Konstitusyaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.

 

A.Ya.Ollamov

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi

1308 | 2023-11-14 11:09

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news