Xushxabar: Dubayda bo‘lib o‘tgan Gran-pri musobaqalarida Guliston davlat universiteti talabasi Natalya Semyonova oltin medalni qo‘lga kiritdi

12-fevral kuni para engil atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari BAAning Dubay shahrida davom etayotgan Gran-pri musobaqasida 9ta medalga sazovor bo’lishdi. Shuning yarmidan ko’pi, ya’ni 5 tasi oltin bo’lsa, bittasi kumush va 3tasi bronza medallaridir.

E’tiborlisi, nayza uloqtirish musobaqasining F55 klassida ishtirok etgan hamyurtimiz, Guliston davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti, 88-20e gurux talabasi Natalya Semyonova (nayza uloqtirish F55) – oltin medalni qo’lga kiritdi

Ushbu Para atletlarimizdan faqat Husniddin Norbekovda Tokio-2020 paralimpiya o’yinlari litsenziyasi mavjud edi. Qolgan sportchilarimiz esa kechagi g’alabalari evaziga litsenziya olish imkoniyatini keskin oshirdi va o’z hisoblariga muhim reyting ochkolarini qo’shib qo’yishdi.

Hozirgacha para engil atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Dubay Gran-prisida 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 16 ta medal qo’lga kiritdilar.

Shuningdek, ushbu sportchi talaba qizimizda Tokio-2020 Olimpiyadasiga litsenziyasini qo’lga kiritish imkoniyati mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?