Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi

Title


Muzey direktori: Erbutayeva Ugiloy

Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (15:00-17:00)

rus tili

998 99 607 22 90

Tarix fanlari nomzodi, dotsent Do‘stlik ordeni mukofoti sovrindori.
50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi
Qatag‘on qurbonlari (Sirdaryo viloyati misolida) Qadimda Mirzacho‘l hozirda yashnayotgan Sirdaryo




Ilmiy xodim: O‘rmonov Xusniddin Baxriddin o‘g‘li

Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (14:00-17:00)

rus tili

998 99 472 63 88

urmonov94@list.ru

1925-1950-yillarda Sirdaryo viloyati hududidagi qatag‘onlik siyosati
50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi “FondKarimov” xayriya jamoatchilik fondi granti sovrindori
Qatag‘on qurbonlari (Sirdaryo viloyati misolida) Qadimda Mirzacho‘l hozirda yashnayotgan Sirdaryo




Zal nazoratchisi: Mirzayeva Madinabonu Valijanovna

Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (14:00-17:00)

rus tili

998 91 505 63 76

- -




Fond saqlovchi: Qudratova Yulduz Akbaraliyevna

Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (14:00-17:00)

rus tili

998 99 989 13 53

- -



GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI TUZILMASIDAGI QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI MA’LUMOT Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovichning 2017-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashriflari chog‘ida “Bu muzey muzeylarning muzeyi... bu kabi muzeylar har bir viloyat markazida, xududlardagi oliy ta’lim muassasalari qoshida bo‘lishi lozim”, - degan topshiriqlari ijrosi o‘laroq. El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni xaqqoniy va to‘laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan, insoniylik sha’ni, qadir qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 – noyabrdagi ¹ 936-sonli qarori asosida Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi 2019-yi 1-fevraldan o‘z faoliyatini boshlagan. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi milliy manaviyatimizni yuksalishida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muzeylardan biridir. Muzey ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun kerakli bo‘lgan ashyoviy baza yaratilgan. Tegishli arxiv xujjatlari, fotosuratlar, ashyoviy buyumlar, kitoblar, videomateriallar to‘plangan. Viloyatimizdagi o‘lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan qatag‘onlik davriga oid eksponatlar, kerakli xujjatlar ishchi guruh a’zolari tomonidan muzeyga olib kelingan. Muzeyda asosan 1860-1990-yillar oralig‘ida yuz bergan qatag‘onlikning og‘ir jabr-zulumlarini boshidan o‘tkazgan shaxslarning kundaliklari, raxbariyat bilan yozishmalari, ularning saqlab qo‘ygan kitoblari, kundalik daftarlari va boshqa davlat arxivlarida saqlanayotgan xujjatlardan ko‘chirmalar saqlanadi va tadqiq qilinadi. Ajdodlarini yaxshi bilgan xalqimiz bobolarimiz va momolarimiz etib kelgan boy tarix, ilm-fan, adabiyot va san’at sohalarida yaratilgan asarlar, urf-odatlar, qadriyatlarni avaylab asrab, o‘tgan allomalarni xamisha xotirlab ehtirom bajo keltirmoqda. Buning zamirida shubxasiz, katta mano, teran mohiyat hikmat yotadi. Ma’lumki XX asr boshlarida Turkistoda vujudga kelgan, milliy uyg‘onish harakati namoyondalari xalqni mustamlakachilik, ijtimoiy va madaniy qoloqlikdan olib chiqish uchun harakat qilgan. Afsuski, o‘sha davr xukumron doiralari ota-bobolarimizning ilmiy-ma’naviy salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan qatag‘on siyosatini olib bordi. Ularga nisbatan har-xil tuxmatlar uyushtirib, “Xalq dushmani”, “Vatan xoini”, “Burjua millatchisi” kabi yorliqlar bilan otuvga hukm qilganlar. Muzeyda 1860-yildan 1916-yilgacha xalq qo‘zg‘alonlarida ishtiroki uchun jazolanganlar, Sovet hokimiyatiga qarshi kurash qurbonlari 1917-1924 yillar, siyosiy ayblovlar va “quloqlashtirish” qurbonlari 1925-1936-yillar, “Katta qirg‘in” qurbonlari 1937-1938-yillar, Ikkinchi jahon urushi yillarida hamda 50-yillargacha bo‘lagn davrda qatag‘on qilinganlar, “Paxta ishi” va “O’zbeklar ishi” xronologik yillar kesimida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. MUZEYDA CHOP ETILGAN KITOBLAR
1. O‘.Erbo‘taeva Qatag‘on qurbonlari I kitob Guliston: GulDU 2019.
2. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Qatag‘on qurbonlari Sirdaryo viloyati misolida. – Toshkent.: Farzay poligraf. 2022, - 160 b.
3. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Millatimiz fidoyilari. – Guliston.: GulDU nashriyoti. 2021, - 92 b.
4. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Sirdaryo viloyati tarixi. –Guliston.: GulDU nashriyoti. 2021, -450 b. .

16670 | 2018-01-05 11:49

Resurslar

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

Categoriyalar