2021-yil 6-fevral kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan 1-ma’ruzalar zalida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag’ishlab “Kecha kelgumdir debon…” mavzusida ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani A.Qalandarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida O‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Saymurodova Navoiy ijodi mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng fakultetning faol talabalari ijrosida Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar, Navoiy ijodiga oid sahna ko‘rinishlari, shuningdek, San’atshunoslik fakulteti talabalari ijrosida Navoiy g’azali bo‘yicha musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi.