O'zbekiston Milliy kutubxonasida navbatdagi kitob taqdimoti o‘tkazildi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
O'zbekiston Milliy kutubxonasida navbatdagi kitob taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislar zalida “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan “Tanazzul” kitobi (pentalogiya)ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bosh maslahatchisi A.Turdiyev, filologiya fanlari doktori, professor B.Karimov, falsafa fanlari nomzodi, professor R.Mahmudov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent H.Ahmedov, adabiyotshunos olim, kitob muxarriri O.Abdullayevlar ishtirok etdilar.

 

 “Beshta kitobdan iborat bo’lgan pentalogiya asarini taqdim etmoqda ekanmiz, muhtaram prezidentimiz tomonidan belgilangan 5 tashabbusning to’rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirgan ekan, bugungi kitobimiz mavzusi aynan yoshlar ajdodlar hayotini, o’tmishini o’rganishi uchun katta boylik, meros desak xato bo’lmaydi. Adabiyotshunos olimlar, ustozlar e’tirofiga muyassar bo’lgan 5 tomlik tarixiy asar katta tarixga ega bo’lgan o’tmishimizni yaqqol ko’rsatib bergan”, - dedi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi bosh maslahatchisi A.Turdiev. 

Muallif Sa’dixon Mavlavixon o’g’li qadimgi Toshkent va Qo’qon xonligi o’rtasidagi juda chigal va qiyin kechgan munosabatlarni aks ettirgan. Shavq bilan o’qiladigan romandagi sertarmoq va qiziqarli syujetning barcha tarmoqlari o’zaro mustaxkam ichki mantiqiy bog’lanishga ega. Asardagi har bir obraz o’z minazidan kelib chiqadigan betakror va ishonarli tutumi bor shaxslar sifatida aks ettirilgan.   

 

Sa’dixon Mavlavixon o’zining besh kitobdan iborat “Tanazzul” romanida Xudoyorxon shaxsiyati to’g’risida qaror topgan ijtimoiy-estetik steriotiplarni buzib tashlashga jur’at etdi. Yozuvchi Xudoyorxonni ichki va tashqi dunyosini, qalb kechinmalarini, xarakterining sifatlarini aks ettirishga, uni anglash uchun ichki olamiga chuqurroq kirish talab etiladigan, ko’p qirrali, murakkab shaxsiyat egasi sifatida gavdalantirgan. 

7271 | 2021-03-11 16:07

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news