“Yangi 2021-2022 o‘quv yili va o‘quv jarayonini raqamli elektron tizimga o‘tkazishga tayyorgarlik” oyligi e’lon qilindi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
“Yangi 2021-2022 o‘quv yili va o‘quv jarayonini raqamli elektron tizimga o‘tkazishga tayyorgarlik” oyligi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyunda “Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasi”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi hamda yangi 2021-2022-o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan bog‘liq holda o‘quv ishlari prorektori H.Qo‘shiyev tashabbusi bilan Guliston davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq holda “Yangi 2021-2022-o‘quv yili va o‘quv jarayonini raqamli elektron tizimga o‘tkazishga tayyorgarlik oyligi” tashkil etildi.

O‘tkaziladigan oylik davomida professor-o‘qituvchilar uchun Kredit modul tizimi, HEMIS va boshqa raqamli elektron dasturlarini mukammal o‘rganish hamda ingliz tilini o‘rganish yo‘nalishida ko‘nikmalar hosil qilish bo‘yicha har bir kafedra kesimida o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Oylik davomida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida klasterli yondashuvlarga asoslangan innovatsion “O‘quv-ilmiy komplekslar” tashkil etish maqsadida kafedra, fakultet va universitetni strategik rivojlantirish rejalari ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bunda ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq holda kafedralarning ishlab chiqarish korxonalari va muassasalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarish korxonalarida kafedra filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar hamda hamkorlik shartnomalari yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

5247 | 2021-06-20 21:15
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->