27-iyun kuni "Zakovat" breyn-ring turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi Gulistondagi "Sirdaryo viloyati Musiqali Drama Teatri" binosida bo'lib o'tdi. Bellashuvda 136 ta jamoa ishtirok etib, tartib raqami bo‘yicha 49-jamoa sifatida ro‘yxatdan o‘tgan universitetimizning “Ustozlar” jamoasi yarim finalgacha yetib bordi. Final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan bahsda “3+3” jamoasiga 2/3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Final bahslari avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Respublika Intellektual haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi.