Endi O'zbekistonning xorijdagi elchilari ham oliy ta'limdagi islohotlarda yelkadosh bo'ladi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Endi O'zbekistonning xorijdagi elchilari ham oliy ta'limdagi islohotlarda yelkadosh bo'ladi

O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari bilan videokonferentsiya shaklida muloqot tashkil etildi.

Tadbirda oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov, tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Farhod Arziev, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi vakillari ishtirok etdi.

Suhbat chog'ida vazir O'zbekistonda so'nggi yillarda oliy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni hal qilishning samarali echimlari, istiqboldagi vazifalar haqida so'zladi va O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari rahbarlarini hamkorlikka chorladi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish bo'yicha imzolangan qaror va yaqin kunlarda oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektorda belgilangan vazifalar yuzasidan quyidagi masalalar muhokama qilindi:

– xorijiy davlatlarning universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
– nufuzli xorijiy OTMning filiallarini ochish va qo'shma ta'lim dasturlarini joriy etish;
– respublika OTMdagi mavjud kafedralarning xorijdagi turdosh OTM kafedralari bilan aloqalarini o'rnatish;
– mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga rivojlangan davlatlarning grant va texnik ko'magini jalb qilish;
– xorijiy mamlakatlarning hukumat dasturlari asosida professor-o'qituvchilarni xorijda malakasini oshirish va stajirovkaga yuborish;
– xorijiy talabalarni O'zbekiston OTMga jalb qilish bo'yicha targ'ibot ishlarini tashkil etish;
– xorijiy o'quv va ilmiy adabiyotlar xaridini amalga oshirish.

Muloqot davomida vazir A.Toshqulov tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarining oliy va professional ta'lim sohasidagi sa'y-harakatlarini faollashtirish zarurligini qayd etdi.

Onlayn uchrashuvda, shuningdek, respublika oliy ta'lim muassasalari talabalarining xorijiy tillarni chuqur o'rganishi uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida xorijiy davlatlardan etakchi professor-o'qituvchilar jalb qilish masalalari bo'yicha takliflar ham muhokama qilindi.

Manba: www.edu.uz 

4789 | 2021-06-29 11:46
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->