Vazir o‘rinbosari Eksperimental biologiya laboratoriyasi bilan tanishdi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Vazir o‘rinbosari Eksperimental biologiya laboratoriyasi bilan tanishdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Hakimov Rahimjon Rasuljonovich Guliston davlat universitetiga buyurdi. Tashrif doirasida vazir o‘rinbosari universitetning Eksperimental biologiya laboratoriyasi faoliyati bilan tanishib, Jahon banki ishtirokidagi loyiha doirasida tashkil etilgan ushbu laboratoriya ilmiy xodimlari bilan muloqot qildi.

Muloqot jarayonida laboratoriya ilmiy xodimlari o‘zlari olib borayotgan tadqiqot ishlari mazmun-mohiyatini tanishtirishib, ilmiy-tadqiqot ishlarida vujudga kelayotgan muammolar yechimida vazir o‘rinbosarodan o‘simlik moddalari biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladigan noyob radioktivlar bilan ta’minlash, xorijda ishlab chiqariladigan laboratoriya qurilmalarini yetkazib berish, innovatsion ishlanmalarni akreditatsiyalsh jarayonlaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam so‘rashdi. O‘z navbatida R.Hakimov har bir murojaatni alohida qayd qilib, ushbu murojaatlar vazirlik darajasida ko‘rib chiqilib, tez orada o‘z yechimini topishiga umid bildirdi.


4022 | 2021-07-09 16:09
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->