Hokim yordamchilari va Mahallabay ishlash markazi xodimlari uchun seminar-trening o‘z ishini boshladi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Hokim yordamchilari va Mahallabay ishlash markazi xodimlari uchun seminar-trening o‘z ishini boshladi

2021-yilning 23-noyabr kuni Guliston davlat universitetining “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da  mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha  tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari va Mahallabay ishlash markazi xodimlari uchun yangi joriy etilayotgan yangi tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarning hududiy birinchi bosqichi o‘z ishini boshladi.   

Vazirlik va idoralarning vakillari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutining professor-o‘qituvchilaridan iborat 20ta respublika trenerlari 23-27-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatining 148ta hududiy trenerlari va mahallabay ishlash markazining 47ta xodimlariga seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishadi.

Ushbu seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi, Aksiyadorlik tijorat xalq banki, “Mikrokreditbank” asiyadorlik tijorat banki, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari ishtirok etishmoqda.

Mazkur seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Sirdaryo viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.R.Karimov rahbarligida Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyev o‘rinbosarligida hududiy shtab tashkil etilgan.

23-noyabr kuni Seminar treninglarning rasmiy ochilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori X.Azizov, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Karimov va universitet rektori M.Xodjiyevlar nutq so‘zlashdi.

Seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tegishli sharoitlar yaratilgan.

4303 | 2021-11-23 14:44

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news