Bugungi kunda respublikamiz miqyosida O'zbekiston yoshlari forumi o'tkazilayotgani barchamizga ma'lum.Shu o'rinda 18-20 dekabr kunlari Samarqand viloyati "Chet tillari forumi" doirasida 12 viloyatdan kelgan iqtidorli yoshlarni kutib oldi.Bu yoshlar safida bizning oliygohimiz talabalari ham bor.Ular Filologiya fakulteti, xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi 3-kurs talabalari: Keldibekova Gulandon va Xusaynova Ulmasoy.
Bu talabalarimiz 3 kun mobaynida xorijiy tillarni o'rganish bo'yicha chet ellik mutaxassislardan juda katta motivatsiya olib, tengdoshlari bilan fikr almashib kelishdi.Forumning har 3 kunida ishtirokchilariz "Media sohasi rivoji" yo'nalishida ingliz tilida debat o'tkazishdi hamda soha rivoji uchun qilinishi zarur ishlar bo'yicha munozara olib bordilar.
Marosimda talabalarimiz forum doirasida tashkil etilgan loyihalar va tanlovlarda g'olib bo'lib,ular Samarqand viloyati Yoshlar ishlari agentligining maxsus sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.