Axborot texnologiyalari fakulteti va IT-Park hamkorligida talabalar uchun seminar o‘tkazildi

Tadbirda IT-Parkning ma’sul xodimlari talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “mGovAward” tanlovi haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tanlov eng yaxshi davlat xizmati ilovasini yaratish uchun tashkillashtirilgan bo‘lib, 8 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, bular:

-       ta’lim

-       sog‘liqni saqlash

-       turizm

-       transport va logistika

-       tadbirkorlik

-       ekologiya va ekologik toza energiya

-       moliya va soliq

-       adliya. 

Loyihalar quyidagi 4 ta mezon asosida baholanadi:

-       samaradorlik

-       qulaylik

-       innovatsionlik

-       amalga oshirish darajasi.

Tanlov sovrin jamg‘armasi 100000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

     1-o‘rin 50000 AQSh dollari;

     2-o‘rin 30000 AQSh dollari;

     3-o‘rin 20000 AQSh dollari.

Seminarda faol ishtirok etgan talabalar tadbir so‘ngida taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?