Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyevning abituriyentar va ularning ota-onalariga MUROJAATI
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyevning abituriyentar va ularning ota-onalariga MUROJAATI

Assalomu aleykum hurmatli abiturentlar, ota-onalar, o‘g‘illarim-qizlarim!

Har yilgi an’anaga muvofiq, tez kunlarda navbatdagi o‘quv yilining yakuni sarhisob qilinadigan va kelgusi maqsadlar belgilanib, oliy o‘quv yurtlariga talaba bo‘lish istagidagi yigit-qizlarimizning abituriyentlik davlari ham tobora yaqinlashmoqda. Ushbu bosqichni o‘z boshidan kechirgan barcha insononlar o‘sha davrni yaxshi eslashadi: kirish va saralash imtihonlarining qanday natija bilan yakunlanishi, asosiy marra-talaba bo‘lish maqsadiga erisha olishi haqidagi o‘y-xayollar og‘ushida natijani kutishning o‘ziga xos totli jihatlari ham bor, albatta.

  Hurmatli abituriyentlar, aziz ota-onalar! Xalqimiz azaldan ilmga, bilmga o‘ch- ziyoli xalq hisoblanadi. O‘qish-o‘rganishga tashnalik buyuk alloma ota-boblarimizdan bizga meros qolgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababli har yili o‘rta ta’lim bo‘-g‘inini tamomlaydigan aziz farzandalimiz va ularning ota-onalarining eng katta orzusi oliy ta’limga ham ega bo‘lishdir. Bunday sharafli maqsadga faqatgina ilm  o‘rganib, bilim olib, puxta tayyorgarlik ko‘rib erishiladi. Ilm egallsh, bilim olishning boshqa usuli mavjud emas.

Muhataram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning markazi-yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilm olib, bilim o‘rganishlari uchun mavjud sharoitlarni yanda yaxshilash, jahon standratlariga tenglashtirish turibdi. Bu boradagi ishlar oliy ta’lim tizimidagi keng qamrovli yangilanishlar, oliy ta’limga saralash jarayonini soddalashtirib, shaffof tarzda o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir.

Bugun yurtimizda oliy ta’lim qamrovi keskin ortib borishi bilan bir qatorda yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilmoqda, ularning soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Davlatimiz tomonidan shunday ulkan islohotlar olib borilayotgan bir davrda hamon eski tuzum illati bo‘lgan, oliy ta’limga qing‘ir, nopok yo‘llar va vositalar bilan ega bo‘lishga urinish holatlari, kam bo‘lsa-da uchrab turishi ko‘ngilni xira qilmoqda.

Shunday muhim, tarixiy pallada Siz azizlarga-abutiyentlar va ularning ota-onalariga yana bir bor murojaat qilishni o‘zimning fuqarolik burchim deb hisoblayman. Aziz yutdoshim, o‘g‘illarim-qizlarim! Bugungi oliy ta’lim tizimiga sarash imtihoni bosqichlari kechagidan keskin farq qilmoqda. Endilklikda talaba bo‘lish orzusida bo‘lgan aziz, shijoatli yoshlarimizdan faqat bilim, puxta tayyorgarlik talab qilinadi, xolos. Shunday ekan turli noqonuniy yo‘llar orqali bunday niyatga erishib bo‘lmaydi. Siz azizlarni turli firibgarlar va vijdonsizlarning tuzog‘iga ilinib qolmasliklaringizni so‘rab qolaman. Zero bugun jamiyatimizda “halollik faksinasi” bilan emlanish qizg‘in pallaga kirgan paytda boshqacha yo‘lning o‘zi ham mavjud emas.

Barcha abirientlarga- o‘gillarimga, qizlarimga omad yor bo‘lishini, o‘zlari istagan kasb egasi bo‘lish nasib etishini tilab qolaman.

Hurmat bilan,

M.T.Xodjiyev 

Guliston davlat  universiteti rektori,

texnika fanlari doktori, professor         

       

                       

4422 | 2022-04-28 11:34

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news