“Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
“Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Guliston davlat universitet rektorining 16.05.2022-yil ¹101-O sonli buyrug‘iga asosan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sportning “voleybol”, “mini-futbol” va “stol tennisi” turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan va rektorat vakillaridan tashkil topgan  jamoalar ishtirok etishdi.

Musobaqalarning ochilish marosimida universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Niyazov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. So‘ngra “GulDU” sport klubi raisi o‘rinbosari Sh.Norqulov va “Sport turlarini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Sh.Sultonovlar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni musobaqa qoidalari va o‘tkazilish shartlari bilan tanishtirib o‘tdi.

Musobaqa yakunida jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladilar:

 

“Mini-futbol” boyicha

1-o‘rin: “Jismoniy madaniyat-2” jamoasi

2-o‘rin: “Jismoniy madaniyat-1” jamoasi

3-o‘rin: “Axborot texnologiyalari” jamoasi

 

Voleybol (erkaklar)

1-o‘rin:  “Rektorat” jamoasi

2-o‘rin:  “Ishlab chiqarish texnalogiyalari” jamoasi

3-o‘rin:  “Axborot texnologiyalari” jamoasi

       Voleybol (ayollar)

1-o‘rin:  “Rektorat” jamoasi

2-o‘rin: “Ishlab chiqarish texnalogiyalari” jamoasi

3-o‘rin: “Filologiya” jamoasi

 

“Stol tennisi” musobaqalari Nizomga asosan shaxsiy birinchilik tarzda o‘tkazildi. Musobaqada 24 nafar o‘qituvchilar shtirok etishdi. Musobaqa “olimpiya” tizimida o‘tkazildi. Baxslarga boy bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakunida musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish hosil qildi:

 

Stol tennisi (erkaklar)

1-o‘rin: Omonboyev Berdiyor

2-o‘rin: To‘xtamishov Said

3-o‘rin: Nurmuhammedov Axmad

Stol tennisi (ayollar)

1-o‘rin: Akbarova Dilrabo

2-o‘rin: Normatova Malika

3-o‘rin: Manasipova Renata

 

Musobaqa yakunida g‘oliblar “GulDU” sport klubi va universitet Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. G‘olib bo‘lgan jamoalarga esdalik sovg‘alarini universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori H.Qo‘shiyev, Moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektor M.Bairbekov, “GulDU” sport klubi rais o`rinbosari Sh.Norqulov hamda “Sport turlarini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Sh.Sultonovlar topshirdi.

2840 | 2022-05-24 15:46

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news