Guliston davlat universitetida “Ma’naviyatshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 07-mart sanasidagi 101-F Farmoyishiga asosan Guliston davlat universitetida 2022-yil 7-8-sentabr kunlari “Ma’naviyatshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy anjumani o‘tkazilmoqda.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Guliston davlat universiteti hamkorligida tashkil  etildi. Ilmiy-amaliy anjumanni GulDU rektori, texnika fanlari doktori, professor M.T.Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Mazkur anjumanda o qilishi ko’zda tutilayotgan ma’ruzalar o‘zining dolzarbligi, ahamiyati bilan ko‘pchilikni befarq qoldirmaydi. Anjuman tashkiliy qo‘mitasiga turli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlardan 100 ga yaqin maqolalar kelib tushganligi ham unda ko‘tarilgan masalalarning dolzarbligini ko‘rsatmoqda.

Anjumanning yalpi yig‘ilishidan so‘ng 4 ta sho‘bada o‘z ishini davom ettirishi ko‘zda tutilgan. Anjuman materiallari kitob holida chop etilgan. Unda:

- ma’naviyatshunoslikning dolzarb muammolari;

- ma’naviyatshunoslikning shakllanish  va ta’lim tizimiga joriy etilishi;

- Markaziy Osiyo mutafakkirlari ma’naviy merosi;

-yoshlar ma’naviyatini shakllantirish muammolari masalalariga oid maqolalar o‘rin olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?