Guliston davlat universitetida AQShlik mutaxassis ish boshladi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universitetida AQShlik mutaxassis ish boshladi

Avval xabar berganimizdek, 2022-yilning 14-sentabr sanasida Guliston davlat universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakilllari hamda FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi assistent o‘qituvchisi bilan uchrashuv o‘tkazilgan edi.

Kelishuvga muvofiq FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi assistent o‘qituvchisi Sara Border xonim 2022/2023 o‘quv yili davomida universitetda faoliyat olib boradi. Uning asosiy faoliyati amaliy ingliz tili mashg‘ulotlarini chuqurlashtirilgan usulda  olib borish, universitet qoshida tashkil etilgan til markazlarida nomutaxassis yo‘nalishdagi talaba-yoshlarga til o‘rgatish, yosh tadiqoqtchilar, bakalaviratura va magistratura yo‘nalishlari bitiruchilarini chet tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni taqdim qiluvchi imtihonlarga tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

2022-yilning 14-sentabr sansida Guliston davlat universitetida FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universittening Innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Z.Zikriyayev ochib berdi. Z.Zikriyayev o‘z nutqida universitetning xalqaro aloqalari kengayib borayotganligini, bugungi tadbir ham mazkur sohadagi ishlarning amaliy natijasi ekanligini, barcha tadbrilar talaba-yoshlarning chet tilini puxta egallashlari uchun amalga oshirilayotganligi, yaratilayotgan mazkur sharoitlardan samarali foydalanish ozimligini tushuntirgan holda talaba-yoshlarni yanada faol bo‘lishga chaqirdi.

Shuningdek tadbirda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i G.Norimova, Filologiya fakulteti dekani F.Sharipov, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri Sh.Abdurazzoqova, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi muridi A.Pazilov, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi L.Qodirovalar FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturini universitetda yo‘lga qo‘yilishining ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalrini bildirib o‘tishdi.

Shundan so‘ng  AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakilllari hamda FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi assistent o‘qituvchisi tomonidan universitet talaba-yoshlariga FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda mazkur dasturning maqsad va vazifalari, dasturni amalga oshirish mexanizmlari va dastur ijrochilari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Tadbirning yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtigan barcha savollarga Sara Border xonim tomonidan javob berildi.

Guliston davlat universitetida AQShlik mutaxassis faoliyati bugundan boshlandi.

1256 | 2022-09-15 10:41
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->