🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

🌴Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish vazifasi belgilangan edi.

🌿Gulsiton davlat universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida universitet hududlariga 2022-yilning oktabr-noyabr oylarida jami 13 000 donadan ziyod ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 12 000 donasi manzarali va 1 000 donasi mevali ko‘chatlarni tashkil etadi. Mazkur umummilliy loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona viloyatidan 6000 dona terak va 1000 dona behi, Jizzax viloyatidan esa 1000 dona sada daraxtlarining  maxsus yetishtirilgan navlari ko‘chatlarini ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

🌳2022-yilning 10-noyabr sanasida Guliston davlat universitetida «Yashil makon» umummilliy loyihasining “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish tadbirlariga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur aksiyada universitet rektori Muxsin Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Shavkat Zayniddinovlar ishtirok etishib, nutq so‘zlashdi.

☘️Shundan so'ng universitet rektori Muxsin Xodjiyev va Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Shavkat Zaniddinovlar ko‘chat ekish tadbirlarini boshlab berishdi. Prorektorlar Faxriddin Niyazov, Mamatqul Bairbekov, Jaxongir Qarshibayev va Zokirjon Zikriyayevlar navbati bilan ko‘chatlarni yerga qadashdi, shundan so‘ng butun universitet jamoasi o‘zlariga tegishli hududlarda ko‘chatlarni ekishga kirishib ketishdi. Shu kuni tadbirga taklif etilgan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari ham mazkur aksiyada ishtirok etishdi. Mazkur aksiya o‘ziga xos bayram tadbiriga ulanib ketdi.

🍃Umummilliy loyihada universitet professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan Terak, Sada, Behi ko‘chatlari, shuningdek, terak va jiyda qalamchalari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, shuningdek, Boyovut, Oqoltin va Guliston tumanlaridagi hududlari boʻylab ekildi.

2760 | 2022-11-10 20:05

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news