Bir vaqtning o‘zida Respublika miqyosida 14 ta hududdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ushbu aksiya jarayonlari Guliston davlat universitetida o’rnatilgan katta monitor orqali bog‘langan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tarzida tashkil etildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari, Guliston davlat universitetida mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
Aktsiya davomida universitet hududida 500 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.