2023-yil 14-fevral kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan “Shoh va shoir” mavzusidagi ma’naviy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifify ishlar bo‘yicha 1-prorektori F.Niyazov, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent H.Yodgorovlar so‘zga chiqishdi..
So‘zga chiqqan ma’ruzachilar Zahiriddin Muhammad Bobur o’rta asr sharq ma’daniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda bo‘lganligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serimlo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgani, uning nafis, go‘zal ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “G‘arb ishi”, Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shilganligini ta’kidlab o‘tdishdi.
Tadbirning badiiy qismida universitet talabalari ijrosida Bobur g’azallari bilan aytiladigan “Bahor ayyomi”, “Qaro zulfing”, “Lola”, “Soqiynomai savti kalon” qo’shiqlar, Boburning g’azallaridan namunalar va P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan sahna ko’rinishlarini mahorat bilan namoyish etdi.