Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!

  Guliston davlat universitetida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Besh muhim tashabbus” doirasida sportning Arqon tortish, tosh ko‘tarish, kurash, armrestling, volleybol va futbol turlari boʻyicha talaba yoshlar oʻrtasida musobaqalar tashkil etilgan boʻlib, bugun 17-mart sanasida final bahslari boʻlib oʻtdi. Shuningdek, universitetining “Zakovat” klubi tomonidan maxsus bayram soni tashkil etildi. Sanʼatshunoslik fakultetining moʻyqalam sohiblari esa bayramga atab oʻz ijod namunalarini namoyish etishdi.

  Musobaqa gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash universitetning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilib, tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Unda Navroʻz bayramining xalqimiz qadriyatlari orasidagi oʻrni, uning tarbiyaviy ahamiyati haqida soʻz bildirildi. Shundan soʻng rektor boshchiligidagi universitet maʼmuriyati tomonidan gʻolib va sovrindor talaba-yoshlar taqdirlanishdi.

  Tadbir yakunida talaba-yoshlarga Navroʻz taomi-sumalak va osh tarqatildi. Mazkur tadbir bayram kechasiga ulanib ketdi. Universitetda Navroʻz tantanalari fakultetlar kesimida davom etmoqda.

82 | 2023-03-17 16:52
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023