AQSHlik hamkorlar bilan seminar-trening tashkil qilindi
✨2023-yil 1-aprel kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Lola Qodirova va AQSH Fulbright ETA dasturi Ingliz tili o‘qituvchi yordamchisi Sarah Borden, AQSH Fulbright Ingliz tili o‘qituvchilari Terra Nicol (Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti), Alberto Navarro (Urgench davlat universiteti), Greys Kudlak (Bukhoro davlat universiteti), Aaron Szczesni (Jizzax davlat universiteti) va Sam Robertson (Toshkent davlat yuridik universiteti) bilan hamkorlikda “Practical Activities for Teaching English” mavzusida seminar-trening tashkil etishdi. Tadbir AQSH elchihonasi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib Ingliz til o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, metodik yordam ko‘rsatish va til ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan.
Tadbirni Guliston davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zokir Zikriyayev ochib berdi va bu tadbirdan samarali natijalar kutib qolishini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti, akademik litsey va o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Seminar-trening barcha ingliz tili o‘qituvchilari uchun foydali bo‘lgan qiziqarli va mazmunli taqdimotlardan iborat bo‘lib, o‘qituvchilarga amaliy yordam sifatida qo‘l keldi. Tadbir nihoyasida barcha o‘qituvchilarga sertifikatlar, eng faol o‘qituvchilarga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.
⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺
✅ https://t.me/gulduuz
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
