2023-yil 19-aprel sanasida Guliston davlat universitetida “Referendum 2023 - Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Referendum va yoshlar” forumi oʻtkazildi.
Mazkur forumga ziyolilar, ijodkorlar, iqtidorli yoshlar taklif etildi.
Tadbirda universitet professori R.Mahmudov, dotsent S.Qudratov, Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Musurmonova Shaxlo, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Abduolimova Zarnigor, “Mirzo Ulugʻbek” nomli davlat stipendiyasi sohibasi Samatboyeva Marjona Baxtiyor qizi, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindori, “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi Respublika bosqichi gʻolibi Yorqinjon Hayitboyevlar nutq so‘zashib, Yangi Oʻzbekistonning Yangi Konstitutsiyasida bosh g‘oya–inson qadri, xalq manfaatini amalda taʼminlashi ekanligi borasida fikr bildirishdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Sirdaryo navolari” ijodiy uyushmasi badiiy rahbari Asatillo Xoliqov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Alisher Nur, hamda San’atshunoslik fakultetining ijodkorlari tomonidan Vatanni madh qiluvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbir yakunida barchani 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga targ‘ib qilindi.