Magistratura bo'limi

Magistratura bo'limi boshlig'i:: Sharapova Saboxat
Psixologiya fanlari doktori (DSc)
Qabul kunlari: Dushanba - Payshanba (14:00-16:00)
rus tili, ingliz tili
:998 97 331 71 70
sabokhat.sharapova@guldu.uz
1989-1994 – Rossiya Federatsiyasi Balashov davlat pedagogika instituti talabasi
1994-2006 – Sirdaryo viloyati Shirin energetika kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi
2006-2008 – Guliston davlat universiteti psixologi
2006-2010 – Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim va tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchisi
2010-2012 – Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi
2012-2014 – Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
2014-2015 – Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2019 – Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
2019-2020 – Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
2020-2022 – Guliston davlat universiteti Pedagogika kafedrasi dots.nti
2022-2023 – Pedagogika va psixologiya kafedrasi dots.nti
2023-2024 – Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori
2024-2025 – Magistratura bo‘limi boshlig‘i
Yo‘riqnoma
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida o’qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizom magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibi, umum qabul qilingan xalqaro standartlarga binoan, magistrlik dissertasiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talabalarni belgilaydi. Nizomning 4-bandiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni: magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishiga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilishga ko’maklashishni; o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini; oliy ta’lim muassasalari bilan bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni; magistrlarni o’qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringini amalga oshirishni magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Magistratura to‘g‘risidagi nizom
Ma'lumotnoma
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimizda 1997 yil 29 avgustda ta’lim yo‘nalishini dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlariga ko‘ra, 1999 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi magistratura bo‘limlari ochilib, magistrlar tayyorlana boshlandi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq Guliston davlat universiteti (GulDU)da 2019-20225 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Guliston davlat universiteti magistratura bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alohida bo‘lim sifatida shakllantirilib, magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-sonli “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
