Universitetning ilmiy loyiha va grantlari

Universitetning ilmiy loyiha va grantlari haqida ma’lumot.

Biologiya fanlari doktori, professor H. Qo’shievning “A-9-27 Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini taxlili va sho’rga chidamli liniyalarini in vitro usuli yordamida yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqotlari asosida        76,5 mln.  so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilib, sho’rlanish sharoitida batat, kartoshka va topinamburning nav va liniyalarida tuganak hosil qilish holati o’rganildi va batatning 3 ta, kartoshkaning 2 ta liniyasi nav sinash komissiyasiga selektsiya yutug’i sifatida taqdim etildi.

Pedagogika fanlari doktori, professor R.Xolmuxammedovning A-1-97 "Talabalarni sog’lomlashtirish tizimi bo’yicha klaster modelini yaratish" mavzusidagi amaliy tadqiqoti bo’yichahisobot yilida 35,3 mln. so’mlik ish bajarilib, talabalarni sog’lomlashtirish tizimi bo’yicha klaster modelini yaratish bo’yicha amaliy tadqiqot ishlari yakunlandi. Natijada respublika oliy ta’lim muassasalarining 1000 dan ortiq talabalarining salomatlik ko’rsatkichlari o’rganildi va ilmiy taxlil etildi.

Biologiya fanlari doktori, A.Pozilovning A-7-53 raqamli: “O’zbekistonda gelmint kasalliklarini tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarining tur tarkibini aniqlash va ularning xo’jalik ahamiyatini o’rganish” mavzusidagi 58,8 mln.so’mlik ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi bajarilib, gelmint kasalliklarni tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning taksanomik tarkibi anqlanadi va adir mintaqasi yaylovlarida oraliq xo’jayin sifatida ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning tarqalish xaritasini  tuzish davom ettirildi. Shuningdek, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent I.O’razboev rahbarligida: “Sug’oriladigan bo’z-o’tloqli tuproqlarni mulchalash va kam ishlov berish orqali unumdorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida   64,7 mln. so’mlik, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent T Turdiqulov rahbarligida A-8-4 raqamli: “Go’sht etishtirishni ko’paytirishda hisor zotli qo’ylarining irsiy imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihada 64,7 mln.so’mlik, texnika fanlari doktori N.Barakaev rahbarligida A-3-46 raqamli: “Don tozalash va saralash qurilmalari samaradorligini hisoblash hamda ularni loyihalash usullarini takomillashtirish” mavzusida 64,7 mln. so’mlik, texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Raxmatov rahbarligida  A-9-23 raqamli “Uzum maxsulotlarini kayta ishlashning resurs tejamkor, yukori samarali texnologiyasini ishlab chikish”mavzusida 62,4 mln. so’mlik amaliy loyihalar, va  yosh o’qituvchi A.Kenjaev rahbarligida YoA-7-4 raqamli:  “Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi agrobiotexnologiyalar” mavzusida  32,2 mln so’mlik yosh olimlarning amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari bajarildi. Quyidagi jadvalda davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy loyihalar bo’yicha hisobot davrida erishilgan eng muhim ilmiy natijalar keltiriladi.

2020-2021 yillar uchun loyiha

2021-2023 yillar uchun loyiha

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?