Universitet tarixi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Universitet tarixi

Hozirgi Guliston davlat universiteti 1965- yilda ilk marta ish boshlagan Sirdaryo davlat pedagogika instituti (SDPI) zaminida tashkil etilgan. Ko’pmillatli ko’hna Mirzacho’l hududida o’zbek, qozoq, rus, tojik maktablari mavjud bo’lib, ularda pedagoglar, fan mutaxassislari yetishmasligi o’lkada oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishiga asos bo’lgan. Dastlabki yili institutda 1ta fakultet (filologiya)ga 400 nafar talaba qabul qilingan. Jami 5ta kafedra mavjud bo’lgan. Kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqib, fakultetda o’zbek, rus, qozoq tili va adabiyoti, xorijiy tillar bo’limlari ochilgan. Dastlabki yili institutda 30 nafar o’qituvchi (shundan 5 nafar fan nomzodi) faoliyat yuritgan.

Birinchi o’n yillikda institutning poydevori qurilib, yangi fakultetlar : matematika, fizika, jismoniy tarbiya, sirtqi bo’limlar, kutubxonachilik, boshlang’ich ta’lim, tarix yo’nalishlari ochildi. 1976- yilgacha institut xalq xo’jaligiga va ta’lim tizimiga 3200 mutaxassis tayyorlab bergan. Ilmiy darajasi bor o’qituvchilar 5 nafardan 39 nafarga yetgan. Anqoboy Quljonov, Xudoyberdi Doniyorovlar institut dargohida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ikkinchi o’n yillikda dars jarayonlarini texnik vositalar bilan ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, telemarkazning ishga tushishi, texnik vositalar orqali dars o’tish, teleekranlarda namoyish qilish orqali kirish imtihonlari, davlat imtihonlari qabul qilish tajribasi respublikadagina emas, sobiq sho’ro davlatida ham katta qiziqish uyg’otgan. Fakultetlar safiga pedagogika, hamda tarix va boshlang’ich ta’lim uslubiyati fakulteti ham qo’shilgan, biologiya yo’nalishi bo’lim sifatida ochilgan. Ilmiy salohiyat ham o’sgan. 1 ta doktorlik, 25 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

Uchinchi o’n yillik Guliston shahrida hozirgi universitet yangi binosi qurib bitkazilishi bilan yodda qoldi. Yorug’ va shinam o’quv xonalari, zamonaviy usulda jihozlangan kabinetlar, laboratoriyalar, kafedralar har qanday taraqqiy topgan xorijiy davlat ham havas qilsa arzigulik holda edi.

sayt-korinishi-uchun/yangi-bino.jpg

Universitetning tashkil topishi

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, kadrlar tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishga katta e’tibor berila boshladi. Milliy hurriyat e’lon qilinganiga yarim yil ham o’tmay, aniqrog’i 1992- yilning fevralida bir qator viloyatlarda, jumladan, Sirdaryo viloyatida ham universitet tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.

Bugungi kunda universitetda beshta: Filologiya, Fizika-matematika, Pedagogika, Tabiatshunoslik va Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlari va 21 ta kafedra faoliyat ko’rsatayapti.

Ayni vaqtda universitet bo’yicha jami 4 ming 953 nafar talaba bilim olayotgan bo’lib, ularga 402 nafar professor-o’qituvchi ta’lim bermoqda. . Professor-o’qituvchilarning 7 nafari fan doktori va 100 dan ortig’i fan nomzodi hisoblanadi. Talabalarning chuqur va har tomonlama bilim olishlari uchun zarur moddiy-texnika bazasi ortig’i bilan yaratilgan. Axborot resurs markazining ma’lumotlar bazasida 4 mingdan ortiq elektron kitob va o’quv qo’llanmalari mavjud. Bundan tashqari talabalar universitet veb sahifasidan barcha kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega. Universitet veb sahifasiga darsliklar, ma’ruza matnlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan.

Universitetda dunyoning nufuzli ta’lim dargohlaridagi kabi laboratoriyalarning rivojlanishiga ham katta e’tibor berilmoqda. Mavjud laboratoriyalarning umumiy maydoni 2008 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu har bir talabaga 4.5 kvadrat metr to’g’ri kelishini bildiradi. Hammasi bo’lib 25 ta o’quv xonasi laboratoriya sifatida jihozlangan, 1 ta o’quv xonasiga lingafon tizimi joriy etilgan.

 Talabalarning Internet tarmog’idan foydalanishi va universitet doirasida lokal elektron kutubxonani tatbiq etish uchun keng masshtabli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitetda 30 ta kompyuter sinfi bo’lib, ularda 700 dan ortiq kompyuter mavjud, shundan 400 tasi internet tarmog’iga ulangan. Bu har 7 nafar talabaga 1 ta kompyuter to’g’ri kelishini ko’rsatadi.

Ilmiy salohiyati

 Har yili universitet olimlari tomonidan o’rta hisobda 250 dan ortiq ilmiy maqola (shulardan 30 tasi xorijda), 5 ta monografiya, 4 ta o’quv qo’llanmasi va 512 ta uslubiy qo’llanma chop etiladi . Bu jihatdan Guliston davlat universitetining O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi mavqei yomon emas. Mazkur holat universitetda ilmiy–tadqiqot ishlarining keng doirada yo’lga qo’yilganligi bilan izohlanadi. Universitetda faoliyat yuritayotgan ilmiy bo’lim, marketing bo’limi, xalqaro aloqalar bo’limi va boshqa turdagi bo’limlar ham ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, xalqaro tajribani o’rganish kabi maqsadlarga xizmat qilayotir.

Guliston davlat universitetning shakllanishida Tempus va ITEC tomonidan taqdim etilgan xalqaro grantlar muhim o’ringa ega bo’ldi. Bugungi kunda universitet IWMI, ICARDA va JIRCA kabi xalqaro institut va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Universitet MDH mamlakatlari OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan bo’lib, bularga Kemerovo davlat universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Stavropol davlat universiteti, Saratov davlat universiteti, Novosibirsk davlat universitetini misol sifatida keltirish mumkin. Bundan tashqari har yili 3-4 nafar talaba AQSh, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Malayziya va Singapur kabi mamlakatlarga o’qish va stajirovka o’tash uchun yuboriladi.

Universitetda ta’lim tizimini takomillashtirish jarayoni jadal sur’atlarda davom ettirilyapti. Ta’lim sifatini oshirishda yangi tashkil etilgan “Pedagogik innovatsiyalar markazi”, “Mintaqaviy tadqiqotlar markazi” hamda “Yosh olimlar kengashi” va boshqa markazlarning hissasi katta bo’lmoqda. Mazkur markazlar faoliyati yosh olimlarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishigagina xizmat qilib qolmay, nafaqat o’quv yurtida, balki Respublika miqyosida ham ma’qullanmoqda.

 Universitet olimlari Sirdaryo viloyatining sho’rlangan yerlarini yaxshilash va tiklash bo’yicha keng miqyosli va samarali ishlar olib borishmoqda. Buning dalili sifatida universitetda bug’doyning “Sayxun”, “Boyovut -1”, “Hasan-Orif” va “Gul DU” navlari yaratilganligini ko’rsatish mumkin. Bundan tashqari sirdaryolik olimlar tajribasidan o’tgan “Sirdaryo-1” va ”Sirdaryo-2” kabi yangi g’o’za navlari ham yaqin kelajakda Sirdaryo viloyati dalalarida ekiladi. Universitetda “Genbank” o’simligini yetishtirish bo’yicha ham loyiha ishlab chiqilgan. Universitet ekspertlarining fikricha, ushbu loyiha asosida dehqonchilik yo’lga qo’yilsa, Sirdaryo viloyatining kuchli sho’rlangan tuproqli sharoitida bioxilma-xillikni yaxshilashga yangi-yangi istiqbollar ochilishi mumkin. Ushbu o’simlikni yaratish bo’yicha universitetda yangi biotexnologik laboratoriya tashkil etilgan. Texnologik jihatdan yuqori potentsialga ega bu laboratoriyani yaratishdan maqsad o’simlikni hujayra darajasida yaratish va sho’rga chidamli o’simliklarning yangi turlarini ishlab chiqish va rayonlashtirishdir.

Ayni kunlarda universitetda 8 ta fakultet, 27 kafedra 450 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda. Universitetda so'ngi to'rt yilda 2 ta yangi fakultet, 6 ta yangi kafedra, 10 dan ortiq yangi yo'nalishlar ochildi. Shuningdek, 10 ta magistratura yo'nalishlari tashkil etildi. Universitetning kunduzgi, sirtqi, kechki bo'limlarida 13 770 nafar bakalavr va magistrlar tahsil olmoqdalar. So'ngi 3 yilda 32 nafar dissertatsiya himoyalari bo'lib o'tdi.

17517 | 2017-12-29 09:33

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news