Maxsus shtab sutkada 24 soat faoliyat yuritmoqda
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Maxsus shtab sutkada 24 soat faoliyat yuritmoqda

2020 yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida joylashgan Sardoba suv omboridagi to’g’ondan suv sizib chiqishi natijasida tuman aholisi evakuatsiya qilngan edi. Prezidentimiz va hukumat a’zolari  fojeaning ilk daqiqalaridanoq Sardoba tumaniga etib keliishdi. Muhtaram yurtboshimiz 4 kun davomida viloyatda bo’ldilar va fojeaning bartaraf etish ishlarining boshida turdilar.

Mazkur jarayonda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari ham chetda turmay, Sardoba fojeasini bartaraf etishga kirishdilar. Vazirlik rahbariyati tashabbusi bilan OTMlar rektorlari va prorerektorlaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan bo’lib, ushbu ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Guliston davlat universitetida maxsus Shtab tashkil etilgan. Ushbu Shtabga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosarlari Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich va Xolmuxammedov Murodullo Maxmudovichlar rahbarlik qilishmoqda.

Maxsus shtab evakuatsiya qilingan fuqarolar murojjatlari bilan ishlash, ularning ro’yxatini shakllantirish, statistik va sotsiologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish, psixologik ko’maklarni amalga oshirish, Vazirlik va OTMlardan jo’natilayotgan xayriya ishlarini to’g’ri taqsimlash ishlarini amalga oshirmoqda. Maxsus shtab sutkasiga to’xtovsiz 24 soatlik rejimda ishlamoqda.

1301 | 2020-05-05 11:32

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->