Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i: Djurabaev Temur Alidjan ugli
Qabul kunlari: Har kuni (9:00-17:00)
rus tili
90 239 30 31 timurbek_dju@mail.ru
2016-2018 yy. - Rossiya Federatsiyasi, G.R.Derjavin nomidagi Tambov Davlat Universiteti kafedra xodimi
2016-2019 yy. - Rossiya Federatsiyasi, G.R.Derjavin nomidagi Tambov Davlat Universiteti, Xalkaro munosobatlar kafedrasida Tyutorlik yo‘nalishini rahbari va asoschisi (xorijlik talabalar bilan ishlash va ko‘mak berish)
2019-2022 yy. - Rossiya Federatsiyasi, G.R.Derjavin nomidagi Tambov Davlat Universiteti, magistratura talabasi
2022-2023 yy.- Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2023-2024 yy.- Sirdaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi Hududiy “Loyiha guruhlari” sho‘basi bosh mutaxassisi
2024-2024 yy.- Sirdaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi yig‘ma axborot-tahlil sho‘basi bosh mutaxassisi
2024-2025 yy- Sirdaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi Investorlar bilan ishlash va monitoring qilish sho‘basi boshlig‘i
2025 yil x.v.- Guliston davlat universiteti, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limi maqsad va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:
1. Tijoratlashtirish bo‘limi ular uchun huquqlar oliy ta’lim muassasiga tegishli bo‘lgan ilmiy-innovatsion
    ishlanmalar, shuningdek, ilmiy tadqiqot faoliyati (bundan keyin-ITF) natijalari tijoratlashtirish maqsadida tashkil
    qilinadi. 
2. Tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
- bozorni
    tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga talabni o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni
    tijoratlashtirishning o‘z-o‘zini qoplash muddatlari, rentabelligi va bu bilan bog‘liq tavakkalarni baholash. 
-
    yuqori tijorat potensialiga ega bo‘lgan va realizatsiyalashga tayyor, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni
    saralab olish; 
- innovatsion loyihalarni realizatsiyalashga investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor
    shaxslarni jalb qilish; 
- yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion maxsulot ishlab chiqarish maqsadida
    uzliksiz ta’lim tizimidagi muassasalari (sanoat korxonalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limining asosiy vazifalari:
- oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, o‘quv yordamchi va ishlab chiqarish hodimlari, doktorantlari,
    talabalari, shuningdek, boshqa tashkilot mutaxassislarini o‘rnatilgan tartibda byujet va byujetdan tashqari
    manbalardan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari,oliy ta’lim muassasasi tomonidan taqdim qilinadigan
    xizmatlarga jalb qilish; 
- intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan
    shartnomalarni tuzishni tayyorlash va ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat; 
- ITF natijalari va
    innovatsion loyihalarni baholash, tahlil qilish, ilmiy-texnik, ilmiy-metodik va innovatsion potensialini ekspertiza
    qilish, tobora muhim va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlashni tahlil qilish; 
- oliy ta’lim muassasi ilmiy
    jamoalarini raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotni yaratish va ommalshtirishda, jumladan, intelektual faoliyat
    natijalarini amalda qo‘llash maqsadida xo‘jalik obyektlarini ta’sis qilish yo‘li bilan ham, qo‘llab-quvvatlashni
    ta’minlash; 
- texnologiyalar transferi, innovatsion loyihalar biznes-rejalarini tayyorlash, raqobatdagi
    ustunliklar va tavakkallarni baholash, ITF natijalarini huquqiy himoyalash, potensial investorlarni izlashda
    maslahat xizmatlari ko‘rsatish; 
- oliy ta’lim muassasasi tomonidan tuziladigan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba
    –konstruktorlik ishlarini bajarish, pudrat, hamkorlikdagi faoliyat, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik haqida va
    intellektual mulk masalalariga taalluqli boshqa shartnomalar bo‘limlarini tayyorlaydi va nazorat qiladi; 
- GulDU
    intellektual mulk obyektlaridan noto‘g‘ri (maqsadsiz) foydalanish hollarini aniqlash va rahbariyatga mazkur tartib
    buzishlarning oldini olish va yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflar
    kiritish, bu kabi tartib buzilishlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish; 
- oliy ta’lim
    muassasasining intellektual mulk obyektlariga mulkiy huquqlarini, shuningdek, ularning mualliflari mulkiy va shaxsiy
    nomulkiy huquqlarini himoyalashga ko‘maklashadi, 
- oliy ta’lim muassasasi xodimlari – intellektual mulk
    obyektlariga mualliflariga ularga tegishli bo‘lgan, amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan, mulkiy va shaxsiy
    nomulkiy huquqlarni realizatsiyalashda maslaxat va axborot ko‘magini berish. 
- oliy ta’lim muassasasi
    xodimlarini intellektual mulk sohasida o‘qitishni tashkil qilish; 
- oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs
    markazining o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha normativ, metodik va patent axborotlari bo‘yicha ishni
    muvofiqlashtiradi; 
- tadqiqotchilik va patent-litsenziyalash faoliyati, innovatsion tadbirkorlik va
    texnologiyalar transferini qo‘llab-quvatlash bo‘limlari bo‘yicha GulDU byudjeti loyihasiga taklif takliflar
    tayyorlash; 
- oliy ta’lim muassasasining intellektual mulk obyektlarini yaratish, qo‘riqlash va foydalanish
    bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish. 
- Tijoratlashtirish bo‘limi 7-bandda
    ko‘zda tutilgan vazifalar realizatsiyalashning majburiy ustuvorligini inobatga olgan holda o‘z faoliyat yo‘nalishi
    bo‘yicha tashqi tashkilotlar va jismoniy shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha ishlarni bajarishi va xizmatlar
    ko‘rsatishi mumkun.
Bo'lim haqida lavhalar
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
                    
.gif)


 O'zbekcha
 Русский
 English
 中文




