Profilkatik-targ֥‘ibot tadbiri
Universitetning Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim – yorqin kelajakka qadam” mavzusida profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi U.Begimkulov, fakultet dekani Sh.Mahmudov, dekan o‘rinbosari J.Jumanovlar tomonidan korrupsiyani oldini olish borasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kiritilayotgan yangiliklar va qabul qilingan qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborotlar berildi. Talabalarga joriy, oraliq hamda yakuniy nazorat turlarini topshirishda ochiqlik, oshkoralik tamoyillariga rioya qilinishi zarurligi, belgilangan vaqtda nazorat turlariga qatnashish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanishi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan yaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasidagi (https://virtual.proacademy.uz/home-university-about/) onlayn o‘quv kurslarida talabalar qanday tartibda qatnashishi kerakligi yana bir bor ko‘rsatib o‘tildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
