“Ta'limda korrupsiyaga o'rin yoq!”
Universitetning Sport faoliyati fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi U.Begimkulov, Registrator ofis xodimlari J.Aliyev, M.Mo'minov, fakultet dekani Sh.Sultonov hamda dekan o'rinbosarlari hamrohligida 2025-yil 14-yanvar kuni fakultetda qishki semestr yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi. Bunda yakuniy nazorat topshirayotgan 1-boshqich talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.



Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



