Yakuniy nazoratlarni o‘tkazishda bosh mezon - ochiqlik va shaffoflik!
Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.N.Tuychiyev, bo‘lim bosh mutaxassisi U.Begimkulov tomonidan 2025-yil 17-yanvar kuni Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakultetida mas’ullar hamrohligida qishki semestr yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi. Bunda yakuniy nazorat topshirayotgan 1-boshqich talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



