“Ta'limda korrupsiyaga o'rin yoq!”

Universitetning Axborot tehnologiyalari va fizika matematika fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshligi M.Tuychiev,  fakultet dekani o'rinbosari B.Kuziyev hamda tuitor E.Ungarovlar  hamrohligida 2026-yil 14-may kuni fakultetda yozgi semestr jarayonlari oldidan O‘qituvchilarni talabalarga bo‘lgan munosabatini o‘rganish hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazdi.

Bunda yakuniy nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
So‘rovnoma 2026-yilning 14-may kuni universitetning Axborot tehnologiyalari va fizika matematika fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. So‘rovnoma may oyining so‘ngiga qadar o‘tkazib boriladi.

So‘rovnomada faol ishtirok eting.
Sizning xolis javoblaringiz kelgusida xabardorlikni oshirishga va huquqiy tashabbuslarni ishlab chiqishga yordam beradi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?