M U R O J A A T N O M A
M U R O J A A T N O M A
“Ta'limda korrupsiyaga o'rin yoq!”
Hurmatli Guliston davlat universiteti
professor-o‘qituvchilari va xodimlari!
2025-2026 o‘quv yili yakunida universitetimizda o‘tkaziladigan Yakuniy
nazoratlar hamda Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini yuqori saviyada,
shaffof va adolatli tashkil etish barchamizdan katta mas’uliyat talab qiladi.
Shu munosabat bilan Sizlarni ta’lim jarayonida korrupsiyaning har qanday
ko‘rinishlariga, jumladan, pora olish yoki berish, noqonuniy manfaatdorlik, tanish-bilishchilik
va boshqa salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz.
Yakuniy nazorat va attestatsiya sinovlari davomida:
talabalar bilimini xolis va adolatli baholash; belgilangan nizom va tartiblarga
qat’iy rioya qilish; xizmat vazifasidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik;
ta’lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash; korrupsiyaga oid har
qanday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir
professor-o‘qituvchi, xodimning muhim vazifasi hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi
kurashish - bu nafaqat qonunchilik talabi, balki ta’lim sifati, jamiyat
ishonchi va yoshlar kelajagi oldidagi yuksak mas’uliyatdir. Barchangizni
halollik, vijdonlilik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga amal qilgan holda
faoliyat yuritishga chaqiramiz.
Hurmat bilan, Universitet korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘limi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi ishonch telefon
raqami yoki telegram kanaliga murojaat qiling.
Ishonch telefon raqami: 67-225 39-57.
Telegram bot: https://t.me/gulduanti_corbot
“Ta'limda korrupsiyaga o'rin yoq!”
Hurmatli talabalar!
2025-2026 o‘quv yili yakunida o‘tkaziladigan Yakuniy nazoratlar hamda
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida faol ishtirok etishingiz, bilim va
salohiyatingizni halol hamda mustaqil ravishda namoyon etishingiz muhim
ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan Sizlarni joriy va yakuniy nazorat jarayonlarida
korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga, jumladan, pora berish, noqonuniy
yo‘llar orqali baho olishga urinish, turli manfaatdorlik holatlari hamda
tartib-intizomga zid harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz.
Har bir talaba: yakuniy nazorat va attestatsiya sinovlariga puxta
tayyorgarlik ko‘rishi; bilimini halol va mustaqil ravishda namoyish etishi;
belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishi; korrupsion holatlarga
nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi; fakultet sha’ni va ta’lim muassasasi
obro‘sini asrashga mas’ul ekanligini unutmasligi lozim. Unutmang, halol mehnat
va adolatli baholash - Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingizning muhim
poydevoridir. Barchangizga yakuniy sinovlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz.
Hurmat bilan, Universitet korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘limi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi ishonch telefon
raqami yoki telegram kanaliga murojaat qiling.
Ishonch telefon raqami: 67-225 39-57.
Telegram bot: https://t.me/gulduanti_corbot
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


