“Odob-axloq kodeksi”, akademik halollik va tadqiqot etikasi yuzasidan davra suhbati o'tkazildi
“Odob-axloq kodeksi”, akademik halollik va tadqiqot etikasi yuzasidan davra suhbati o'tkazildi
Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida “Odob-axloq kodeksi”, akademik halollik va tadqiqot etikasi mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi talabalarga universitetning odob-axloq kodeksi, akademik halollik tamoyillari, ilmiy-tadqiqot faoliyatida etik me’yorlarga rioya qilish, shuningdek, ta’lim jarayonida halollik va mas’uliyatning ahamiyatini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Tuychiyev, bosh mutaxassis U.Begimqulov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Kuziyev hamda fakultet tyutorlari so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



