Kasaba uyushmasi qo'mitasi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Kasaba uyushmasi qo'mitasi

Title


Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: Yusufaliyev Abdurahmon Tilavovich

Qabul kunlari: Har kuni 9.00-17.00 (shanbadan tashqari)

rus tili

(+998) 90 680-03-79

abdurahmon60@gmail.com

Ish faoliyati: 41 yil
Pedagogika faoliyati: 41 yil

Yusufaliyev Abdurahmon Tilavovich 1960-yil 13-may kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tavallud topgan.
1967-1977 yillarda Sirdaryo tumani S.M.Kirov nomidagi 16-o‘rta maktabda tahsil olgan.
1977-1982 yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti talabasi.
1983-1987 yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti Yangier filiali o‘qituvchisi.
1987-1993 yillarda Oq-oltin gidromelioratsiya texnikumida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari 2002-2013 yillarda Guliston davlat universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor.
2003-yil 1-sentyabrtdan Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi “Mashina detallari va loyihalash asoslari” fani o‘qituvchisi.
2016-yildan "Kasaba uyushma" qo‘mitasi raisi.
Toshkent davlat Agrar universiteti (ToshDAU 2021)
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” fani (bakalavr)
“Mashina detallari va loyihalash asoslari” (bakalavr)
“Hayot faoliyati xavfsizligi fani” (bakalavr)



Guliston davlat universiteti kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari


Guliston davlat universiteti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan kasaba uyushma a’zolari o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, intellektual huquq va manfaatlarini himoyalab, kasbga oid barcha munosabatlarni tartibga solib kelmoqda. Jamoa shartnomasi 164 banddan iborat bo‘lib hozirgi kunda belgilangan tadbirlarning 93 foizi amalga oshirildi. Bunga misol qilib, jumladan 2023-yilda professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi 75 nafar xodimlarga o‘zlari va oila a’zolarini sog‘liklarini tiklash maqsadida sanatoriylariga 146 million so‘mlik yo‘llanmalari olib berildi. Umumiy qilib olganda 2023-yilda kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan madaniy-ommaviy tadbirlar uchun 10 million so‘m, sport tadbirlari uchun 7 million so‘m, 110 nafar xodimga moddiy yordam uchun 27 million besh yuz ming so‘m, kasb bayrami tadbirlari uchun sovg‘alarga 10 milion 400 ming so‘m, mablag‘ sarflandi. Yubiley sanalarini nishonlagan 5 nafar xodimga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan estalik sovg‘alar berildi. O‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlarning Vatanimiz tarixiy shaharlari hamda qadimiy obidalari bilan yaqindan tanishish maqsadida sayohatlar tashkil etildi. Yil davomida Samarqand shahriga 132 nafar, Zangiota ziyoratgohi va Toshkent shahriga 24 nafar, Xorazm viloyatiga 10 nafar, Buxoro viloyatiga 6 nafar, Jizzax viloyatining Xo‘jamushkent ziyoratgohiga 122 nafar jami 294 nafar xodimlar sayohatga yuborildi. Turizm sayohatlari uchun 26 million 950 ming so‘m sarflandi. Universitetda 2023-yil yanvar holatiga 1116 nafar xodim va xizmatchilar faoliyat yuritmoqda. SHulardan, 455 nafarini ayollar, 661 nafarini erkaklar, pensiya yoshida ishlovchi hodimlar 115 nafarni va 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 65 nafarni tashkil etadi. Faoliyat yuritayotgan 1116 nafar professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi xodimlarning barchasi kasaba uyushmasidan bepul huquqiy yordam olish, mehnat munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha kasaba uyushmasining himoyasida bo‘lishini, kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarida ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bayon qilish, o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar ko‘rilayotgan majlis, yig‘ilish yoki konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish, kasaba uyushmasi tasarrufidagi sanatoriy va dam olish maskanlarida o‘z salomatliklarini tiklash, farzandlarini bolalar oromgohlarida dam oldirish bo‘yicha imtiyozli yo‘llanmalar olish, kasaba uyushmalarining madaniyat muassasalari va sport inshootlaridan foydalanish huquqlariga egaligini inbatga olgan holda o‘z arizalariga asosan kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan va ularga yangi yagona namunadagi a’zolik biletlari berilgan. Jumladan, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 2023 yilda universitet bo‘yicha o‘rnatilgan reja bajarildi, ya’ni 9 yangi ish o‘rni tashkil etilib, reja 100% ga bajarildi. Universitetga 2023 yilning 1-yarim yilligi davomida 28 nafar yosh mutaxassislar ishga qabul qilindi, ulardan 13 nafari bakalavrlardir. Universitetga yangi ishga qabul qilinayotgan yoshlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi, ular “Ustoz-shogird” tizimidagi malakali mutaxassislarga biriktirilib, xavfsiz ish sharoitlari bilan ta’minlash ishlari alohida e’tiborga olindi. Tibbiyot punktini birinchi yordam ko‘rsatiladigan vaqtda ishlatiladigan dori-darmonlar bilan o‘z vaqtida ta’minlab borilmoqda. Reja bo‘yicha turli bayramlarni nishonlash ishlari tashkil etildi. 2023 yilning yanvar oyida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 4 nafar afg‘on urushi qatnashchisi va harbiyda xizmat qilganlar uchun esdalik sovg‘alar berildi. Ishlab nafaqaga chiqqan mehnat faxriylari uchun ma’naviy tadbir o‘tkazildi, ularga esdalik sovg‘alari berildi va konsert dasturi tashkillashtirildi. 2023 yilda 8-mart Halqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z umumxalq bayrami, Xotira va qadrlash kuni va boshqa muhim sanalarda ham yolg‘iz pensionerlar, kam ta’minlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga turli xildagi moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi yuzasidan universitet rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlar asosida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ishchi-xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash uchun, xavfsizlik texnikasi mutaxassislari va mehnatni muhofaza qilish vakillari tomonidan ishlarni yanada kuchaytirishiga alohida e’tibor qaratildi. Vazirlar Mahamasining 2014 yil 15-sentyabrdagi “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 263-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob- uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi hamda Sirdaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasining 2019-yil 21-fevraldagi 21/00-02/11-254-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 25 ta ish o‘rinlari attestatsiyadan o‘tkazilib pasportlashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018 yil 28 yanvardagi 4-B-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Adliya vazirliti tomonidan 2018-yil 16-martda 2983-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar muassasalar va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari asosida universitetda faoliyat yuritayotgan nogironligi bo‘lgan professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi xodimlarning ish o‘rinlari mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazilgan. Xodimlarni chiqimdor bo‘lmagan holda dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etilgan. xodimlar ish jarayonidagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilingan. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi masalalari bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazilgan, ularning malakasi oshirish maqsadida o‘qitish bilimlarini tekshirish tashkil etilgan. Mehnat muhofazasi bo‘yicha bitim tuzilgan hamda mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari rejasi va sarf-xarajatlar smetasiga (biznes rejaga kiritilgan), kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda jamoa shartnomasiga ilova qilingan. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, maxsus kiyim-bosh, sanitar kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlangan. Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida belgilangan. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini xarid qilib olishi, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi tomonidan Mehnat Qonunchiligida belgilangan talablar asosida mehnat muhofazasi, yong‘in va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha universitetda faoliyat yuritayotgan xodimlar har bir yo‘nalish, fan va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun alohida mukammal yo‘riqnomalar ishlab chiqilib, fakultet, kafedra va bo‘limlarga xizmatda foydalanish uchun taqdim etilgan va xavfsizlik texnikasi borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan. 2023-2025 yillar uchun universitet ma’muriyat va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi bilan tuzilgan jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi nazorat qilib borilmoqda. Xodimlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf-xatar tug‘ilganda fakultetlar, kafedralar, bo‘limalar va laboratoriya rahbarlariga ishni to‘xtatish bo‘yicha talabnomalar ishlab chiqilgan. Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat inspeksiyasining 2023-yil fevral oyidagi yozma taqdimnomasida ko‘rsatilgan Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari qonun, mehnat muhofazasi qoida hamda normalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fakultetlar, kafedralar va bo‘limalarga tegishli ko‘rsatma va takliflar berilgan. Xodimlar hayotni majburiy sug‘urtalash ishlari amalga oshirildi, xodimlarning sog‘lig‘ini tiklashni yanada yaxshilash maqsadida sanatoriylarga olinadigan yo‘llanmalar soni ko‘paytirildi. Ajratilayotgan moddiy yordamlar miqdori ko‘paytirildi, yoshlar va ayollarga belgilangan imtiyozlarni to‘liq bajarilishiga erishildi. 9-oy davomida universitetning iqtisodiy faoliyati, mehnat shartnomasi, bandlik kafolatlari, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnatga haq to‘lash, kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya tarzidagi to‘lovlar, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, sport-sog‘lomlashtirish va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar, ayollar mehnatini tartibga solish, ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar, yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar, mexnat nizolarini xal etish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar monitroringi olib borildi. Bu davr ichida mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda ishlovchi xodimlarga 16 million so‘m qo‘shimcha haq to‘lab berildi. Universitetga ishga qabul qilishda Yagona milliy mexnat tizimi orqali bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinadi va bo‘sh lavozimlarga qo‘yiladigan talabga javob bergan fuqaro bilan universitet rektori, prorektorlari, xodimlar bo‘limi boshlig‘i, kasaba uyushma qo‘mita raisi va a’zolari bilan birgalikda suxbat jarayoni tashkil etiladi. Suhbat jarayonida fuqaroni vakant lavozim bo‘yicha bilim, ko‘nikmalari, Prezidentimizning oliy ta’lim soxasi bo‘yicha ishlab chiqarayotgan qator, farmoishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinab ko‘riladi. Universitetda xodimlarning to‘la bandligini ta’minlashda uchun xodimning aybisiz to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu jarayon universitet rektori va xodimlar bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.
Universitetda ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlikni bartaraf qilish bo‘yicha Ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to xaqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lanishiga amal qilinadi. Xodimlarga ish haqi va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga kelmagan.
Davlat dasturi yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, barcha fakultet va bo‘limlarga amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan va ijrosi yuzasidan muntazam ishlar olib borilmoqda. Jamoa shartnomasining ijtimoiy tarkibiy qismi sezilarli darajada kuchaytirilishi natijasida qo‘shimcha imtiyozlar olayotgan xodimlar soni va qo‘shimcha imtiyozlar berish uchun sarflanayotgan mablag‘ mikdori ortib bormokda. Yil dasturiga kiritilgan tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik orqali xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘maklar berilmoqda. Xodimlarning og‘zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi va nizomi ishlab chiqilgan. Kasaba uyushma qo‘mitasida xodimlarning og‘zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kasaba uyushma qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlangan “Guliston davlat universitetida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi” asosida amalga oshirilmoqda. Xodimlarning og‘zaki yoki yozma shakldagi murojaatlari bilan ishlash uchun mas’uliyat Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklatilgan. Xodimlarni qabul qilish qaror bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali e’lonlar burchagi orqali xodimlar e’tiboriga etkazilgan. Har bir xodimning qabulidan so‘ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo‘yiladi. Qabul varaqasi uyushmada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qabulda ko‘tarilgan muammo hal etish uchun tegishli choralar ko‘riladi va uni hal etish yuzasidan universitet ma’muriyatining tegishli bo‘limlariga taqdim etiladi. Xodimlarning murojaatlarini o‘rganib chiqish uchun tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddat ichida ma’lum qilinadi. Ariza va shikoyatlar kasaba uyushmasiga tushgan kunidan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati kasaba uyushma tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi. Kasaba uyushmasiga qabulga kelgan xodimlarga murojaatlari bo‘yicha o‘sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko‘rib chiqilishi natijalari to‘g‘risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin. Xodimning familiyasi (ismi, otasining ismi), ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek, imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi. Xodimlarning murojaatlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha ishchi guruh xodimlarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi. Oy yakunlari bo‘yicha kasaba uyushmasiga xodimlardan kelgan murojaatlarni umumlashtiriladi va ularni mazmuni bo‘yicha tahlil qilinadi. Tahliliy ma’lumotlar kasaba uyushma yig‘ilishlari muhokamasiga kiritiladi. 2023 yilning 9oyi davomida boshqarmada 43 ta murojaatlar ruyxatga olinib, ularning soni o‘tgan yillarning ayni shu davriga nisbatan ancha kamaygan. Murojaatlarning 23 tasi jismoniy shaxslar, 20 tasi yuridik shaxslar tomonidan berilgan bo‘lib, shundan 20 tasi elektron tarzda, 12 tasi og‘zaki va 11 tasi yozma shaklda taqdim etilgan. Ko‘rib hal etilgan murojaatlarning 28 foizi o‘z vaqtida qanoatlantirilib, 71 foizi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan. Murojaat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, ularning 38 tasi bildirishnoma va 5 tasi takliflarni tashkil etadi. SHikoyatlar mavjud emas. Murojaatlarning asosiy qismi xodimlarning ish haqiga ustamalar belgilash, xodimlar uchun ichki turizmni tashkil etish masalalariga taalluqlidir. Murojaatlarning 96 foizi 10 kundan oshmagan muddatda ko‘rib hal etilgan.
Huquqiy savodxonlikni oshirish va qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida ish beruvchi va boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlarga amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ularni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoya qilish bilan bir qatorda huquqiy himoyasi doirasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. xodimlarning xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. «Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar» mavzusida davra suhbatlari va o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Xodimlar mehnatini muhofaza qilishda asosiy e’tibor ish jarayonidagi baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklarining oldini olishga va xodimlarning ishlashlari uchun xavfsiz mehnat sharoiti yaratishga qaratilmoqda. Aholining barcha qatlamlarida, ya’ni jamoada sport musobaqalarini tashkillashtirish va o‘tkazish ishlari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi davr bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalaridan biridir. Sog‘lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish demakdir. SHunday ekan, universitetimizda «Sog‘lom avlod dasturi» harakatining keng tus olgani, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug‘vor vazifani amalga oshirish yo‘lidagi muhim omildir. Insonlar salomatligini mustahkamlash maqsadida qator sport tadbirlari amalga oshirildi.
Universitet hayotida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani rolini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Sport musobaqalarini tez-tez o‘tkazishni tizimli ravishda tashkil etish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xodimlarni jismoniy va sport ishlariga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular hayotida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar jismoniy va ma’naviy sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilimli, keng dunyoqarash, qat’iy hayot pozitsiyasiga ega, turli ma’naviy tahdidlarga qarshi kurasha oladigan, jasur, baquvvat, g‘ururli, intiluvchan, izlanuvchan va tashabbuskor bo‘lib mehnat qilishlariga xizmat qiladi. Universitet rektorining 2023 yil 24 sentyabrdagi “1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni”, “Navro‘z” bayrami munosabati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi va jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o‘qitish kafedrasi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchi va ishchi-xizmatchi xodimlar o‘rtasida minni futbol, voleybol va stol tennisi turidan sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari kasaba uyushma qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan estalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan munosib taqdirlandi.
2023-yil oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan universiada musobaqalarida sportning futbol turi bo‘yicha universitet jamoasi barcha bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 4-8-aprel kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Universiada musobaqalarida sportning futbol turi bo‘yicha jamoani tayyorlashda faollik ko‘rsatgan 4 nafar (Shukurov Akmal, Sariboev Shuhrat, Iskandarov Islom, Zaxriddinov Alimardon) faol professor-o‘qituvchilar kasaba uyushma byudjeti mablag‘lari xisobidan moddiy rag‘batlantirildi. Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimalar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, ularni sportga jalb qilish hamda salomatligini mustahkamlash maqsadida. 2023-yil 29-30-aprel kunlari Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda TKTI Yangier filialining ayol professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimalari o‘rtasida sportning “Voleybol”, “Stol tennisi”, “Arg‘inchoqda sakrash” turlari bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi. Voleybol sport turini o‘tkazish musobaqalari Xalqaro Voleybol Federatsiyasi (FIVB) qoidalariga asosan o‘tkazildi. Stol tennisi sport turini o‘tkazish musobaqalari Xalqaro Stol tennisi Federatsiyasi (ITTF) tomonidan tasdiqlangan qoidalariga asosan o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari kasaba uyushma va homiylar tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy, sport ishlarining asosini xodimlarning ijtimoiy himoyaga muxtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etish orqali ularning ma’naviyatini yuksaltirish, sportning ommaviyligini ta’minlash va ichki turizm tashkil kilinmokda. Jumladan, Xorazm Toshkent, Samarqarqand Jizzax viloyatlariga xodimlarning turistik sayohatlari uyushtirildi.
Professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi xodimlarning farzandlarini yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida xodimlarning 57 nafar farzandlariga “Zomin” oromgoxiga yo‘llanmalar berildi. Universitet xodimlari va ularning oila a’zolarini sanatoriylarda sog‘lomlashtirish uchun kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan 71 million so‘m ajratilgan bo‘lib, sanatoriya yo‘llanmalari uchun amalda 93 million 500 ming so‘m sarflandi.
2023 yilning birinchi yarim yiligida kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan kasaba uyushma a’zolaridan 49 nafar professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi xodimlarga o‘zlari va oila a’zolarini sog‘liklarini tiklash uchun CHimyon sanatoriyasiga 6 dona, Yangiyer sanatoriyasiga 4 dona, Kosonsoy sanatoriyasiga 2 dona, Zomin sanatoriyasiga 8 dona, CHinobod sanatoriyasiga 4 dona, Turon sanatoriyasiga 4 dona, Botanika sanatoriyasiga 4 dona, Oqtosh sanatoriyasiga 4 dona, Chortoq sanatoriyasiga 7 dona, Hovotog‘ sanatoriyasiga 1 dona, Bo‘ston sanatoriyasiga 2 dona, Ko‘xinur sanatoriyasiga 2 dona, Zarkent sanatoriyasiga 1 dona imtiyozli yo‘llanmalari olib berildi. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 48 tani tashkil etgan. Universitet xodimlarini sanatoriylarda sog‘lomlashtirish uchun 25 nafariga ijtimoiy sug‘urta byudjeti hisobidan sanatoriya yo‘llanmasi olib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 25 ta sanatoriya yo‘llanmasi olib berildi. 2023 yilning birinchi yarim yiligida ijtimoiy sug‘urta byudjeti hisobidan kasaba uyushma a’zolaridan 25 nafar professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi xodimlarga sog‘liklarini tiklash uchun Chimyon sanatoriyasiga 2 dona, Yangier sanatoriyasiga 1 dona, Kosonsoy sanatoriyasiga 2 dona, Zomin sanatoriyasiga 3 dona, CHinobod sanatoriyasiga 2 dona, Turon sanatoriyasiga 3 dona, Botanika sanatoriyasiga 2 dona, Oqtosh sanatoriyasiga 2 dona, Chortoq sanatoriyasiga 3 dona, Hovotog‘ sanatoriyasiga 1 dona, Bo‘ston sanatoriyasiga 2 dona, Ko‘xinur sanatoriyasiga 1 dona, Zarkent sanatoriyasiga 1 dona imtiyozli yo‘llanmalari olib berildi. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 16 tani tashkil etgan.
2022 yil Guliston davlat universiteti kasaba uyushmalar a’zolari yil yakuniga 1110 nafarni tashkil qilgan. 2022 yil Jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarish uchun yil davomida sarf qilingan jami mablag‘ 4525432.5 so‘mni tashkil qilgan. Jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarish uchun o‘rta xisobda bir xodimga yil davomida sarflangan mablag‘ 4055,05 so‘mni tashkil qilgan. 2023 yil Guliston davlat universiteti kasaba uyushmalar a’zolari yarim yil yakuniga 1116 nafarni tashkil qilgan. 2023 yil Jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarish uchun yarim yil davomida sarf qilingan jami mablag‘ 2248679,1 so‘mni tashkil qilgan. Jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarish uchun o‘rta xisobla bir xodimga 1-yarim yillikda sarflangan mablag‘ 2015,00 so‘mni tashkil qilgan. 2022 yilga nisbatan 2023 yil bir xodimga sarflangan mablag‘ning o‘sishi 0,9 foizni tashkil etgan.
Inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohatlar, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y–harakatlar to‘g‘risidagi haqqoniy axborotlarning kasaba uyushma a’zolariga etkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bosma nashrlar bilan har bir fakultet va bo‘limlarni ta’minlash maqsadida “ Ishonch” va “Ishonch doveriya” ro‘znomalariga obuna tashkil etildi.
Kasaba uyushmasi tomonidan universitetda xotin-qizlarni har tomonlama muhofazalash hamda xotin-qizlar faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qabul qilingan Qonunlar, Prezident Farmonlari, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. Universitet ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish borasida jamoa shartnomasi asosida hamkorlikni davom ettirmoqda.

15756 | 2017-12-29 13:51

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news