“Birga hayotni saqlaymiz” – donorlik madaniyatini targ‘ib etuvchi muhim tashabbus

30.03.2026 yil kuni Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talaba-qizlari ishtirokida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan yoshlar orasida insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Birga hayotni saqlaymiz” mavzusida tushuntirish-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir donorlikning ahamiyati, uning inson hayotini saqlab qolishdagi o‘rni hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishdagi rolini keng yoritishga qaratildi.

Tadbirda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, dotsent N.Sultonova, Biologiya kafedrasi mudiri, dotsent N.Ablakulovalar o'z   ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan qon donorligi haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?