Biz zo‘ravonlikka yo‘q deymiz!
Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari bilan ushbu mavzu yuzasidan kengaytirilgan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda XQMB profilaktika inspektori, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, universitet psixologi hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.
Talaba-yoshlarga agressiv xulq namoyondasi sifatida zo‘ravonlik (agar u biror bir kasallikning oqibati bo‘lmasa) huquqbuzarlik yoki jinoyat hisoblanishi, zo‘ravonlik sodir etgan shaxs o‘z xatti-harakatlari uchun qonun tomonidan jazolanishi hamda jabrlanuvchining sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar og‘irligi va zo‘ravonlikning turiga qarab, unga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jazo choralari qo‘llanilishi mumkinligi bo‘yicha huquqiy, psixologik hamda hayotiy tushunchalar berildi.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



