Bag‘rikenglik — xalqimizning yuksak qadriyati
2026-yil 19-noyabr kuni Guliston davlat universiteti faollar zalida Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Sultonova tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori K. Qudratov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, bag‘rikenglik o‘zbek xalqiga xos yuksak fazilatlardan biri ekani, yurtimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat qadriyatlari azaldan e’zozlab kelinayotgani haqida fikr bildirdi.
Tadbirda Qozoq milliy madaniy markazi rahbari Klara Fozilova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari M. Yusupov va A. Jo‘rayev ham ishtirok etdi.
Bayram tadbirining badiiy qismi Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan dastur bilan davom etdi. Turli millat vakillari timsolida namoyish etilgan chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga birdek manzur bo‘ldi.
Bag‘rikenglik — turli millat va elatlarni birlashtiruvchi, tinchlik va totuvlikni mustahkamlovchi yuksak qadriyatdir.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


